Yoshlar - ShHT diqqat markazida

12.06.2018, 18:54

Yoshlar - ShHT diqqat markazida

Sardor MARIPOV,

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” vakili:

Ma’lumki, Shanxay hamkorlik tashkiloti nufuzli xalqaro tashkilot hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, u ko‘p tomonlama hamkorlikning samarali mexanizmiga aylangan. Tashkilot xavfsiz va barqaror kelajakni maqsad qilgan, shu bois yoshlar masalasiga jiddiy e’tiborni ta’minlash muhim, chunki O‘zbekistonda ular aholining 60 foizdan ziyodini tashkil etadi.

O‘zLiDeP nuqtai nazariga ko‘ra, Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining o‘n sakkizinchi majlisi muhim yakunlaridan biri bu – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ShHT davlatlari rahbarlarining Qo‘shma murojaati hamda uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturini qabul qilish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlanganidir. Bunda ushbu Dasturni amalga oshirish bo‘yicha alohida mas’uliyat ShHT Yoshlar kengashi zimmasiga yuklanadi, O‘zbekiston esa uning faoliyatida keng ko‘lamda ishtirok etadi. ShHT mamlakatlari BMTning Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyani ishlab chiqishi va qabul qilinishini ilgari surishi bu boradagi ishlarning muhim natijalaridan biri bo‘lishi kerak.

O‘zLiDeP O‘zbekistonning ShHTdagi mazkur tashabbusini yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish borasidagi navbatdagi qadam sifatida qabul qiladi. Afsuski, yoshlar bugun  turli buzg‘unchi va terroristik kuchlar uchun ob’ekt bo‘lib qolib, ular o‘z usullari orqali yigit-qizlarning hali shakllanmagan ongiga ta’sir ko‘rsatgan holda o‘zining jaholat girdobiga tortib ketish maqsadini ko‘zda tutadi. Partiyamiz ShHT doirasidagi davlatlararo hamkorlikda yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalardan ular zamonaviy bilimlar olishi uchun sharoitlar yaratish, mamlakatlar o‘rtasida millatlararo va madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlash orqali himoya qilish uchun muhim mexanizmni ko‘radi.

O‘z navbatida, O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” mustaqil fikrlovchi, zamonaviy bilimlar va kasblarni egallagan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, yigit-qizlar qalbida o‘z Vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi. Ishonchimiz komilki, mazkur vazifalar barcha ShHTga a’zo mamlakatlar g‘oyalariga hamohangdir.

Bularning barchasi bugungi globallashuv sharoitida nafaqat yoshlarni ekstremistik va terroristik oqimlar, jinoyatchilik, giyohvandlik kabi illatlarga jalb qilishga, balki “ommaviy madaniyat”, boqimandalik kayfiyati, odob-ahloq qoidalarini buzish kabi yangi tahdidlarga qarshi mustahkam qalqon bo‘ladi.

Umuman olganda, ShHTda yoshlar mavzusi, partiya fikricha, davlatlararo muloqotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. O‘z navbatida, ta’lim va maorif tizimini takomillashtirish, yoshlarni eng zamonaviy bilimlarga oshno etish samarali tizimini yaratish masalalariga e’tibor qaratish lozim. Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlar yosh avlodi vakillari o‘rtasida turli sohalarda har tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Tashkilot ekstremizm va terrorizmning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashga tayyor bo‘lgan yoshlar tashkilotlari o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yishga ham o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

Alisher RO'ZIYEV,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat kengashi raisi vazifasini bajaruvchi:

Bugun barchamiz ShHTning mintaqaviy va global siyosatni shakllantirish, Yevroosiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashning muhim mexanizmi sifatidagi roli kuchayishining guvohi bo‘lib turibmiz. Nufuzli anjuman, ya’ni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Kengashining o‘n sakkizinchi majlisi XXRda bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatnashdi. Mazkur tashkilotning ahamiyati shu bilan ta’kidlanadiki, Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan Sammit bir yarim milliard aholini birlashtirgan sakkizta mamlakat yetakchilarining birinchi uchrashuvi sifatida tarixga muhrlandi. Bularning barchasini ShHTning iqtisodiy va intellektual salohiyati salmoqli ravishda kengaytirdi.

Bu yana shu bilan ahamiyatliki, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish va unda uzoq kutilgan tinchlikka erishish ShHT mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning shartlaridan biri sifatida qayd etiladi. O‘zLiDeP fikricha, Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya nizoni tinchlik yo‘li bilan hal etish bo‘yicha fikr almashish uchun muhim maydoncha bo‘ldi.

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllangani, unda tashkilotning asosiy maqsadlariga erishish va uning oldida turgan vazifalarni bajarishning muhim omili Markaziy Osiyoda barqarorlik va farovonlik ekanligini ta’kidladi. 

Partiyamizning savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va kooperatsiyani kuchaytirish bilan bog‘liq erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishidagi manfaatdorligini ham alohida qayd etish lozim. Bu ular O‘zbekistonning ShHT davlatlari bilan savdo xajmlarini oshirishga xizmat qilishi bilan bog‘liq. Biz O‘zLiDePda eksport-import operatsiyalari tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, davlat-xususiy sherikchilik prinsiplari asosida agrosanoat klasterlarining shakllantirish muhimligi tarafdorimiz.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash zarurki, bo‘lib o‘tgan majlisda qabul qilingan ShHTga a’zo davlatlar uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnomani amalga oshirish yuzasidan Harakatlar rejasi bu yo‘nalishda kelgusi faoliyat uchun asos bo‘ladi. Jumladan, ular ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaning transport va logistika salohiyatini oshirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan himoya qilish kabi dolzarb masalalarga aloqador.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1221
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-06-13 15:46:32

Ёшлар келажак пойдевори. Бу ҳақиқатни яхши англаган давлат ўз келажагини порлоқ бўлиши учун бор имкониятларини ишга солади. Ҳурматли Президентимиз Ш.Мирзиёев Шанҳай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатларни ёшларга эътибор қаратишга жиддий ёндошишга ундагани ҳам безижга эмас.


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-06-13 15:46:32

Ёшлар келажак пойдевори. Бу ҳақиқатни яхши англаган давлат ўз келажагини порлоқ бўлиши учун бор имкониятларини ишга солади. Ҳурматли Президентимиз Ш.Мирзиёев Шанҳай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатларни ёшларга эътибор қаратишга жиддий ёндошишга ундагани ҳам безижга эмас.


O'zLiDeP Каттақўрғон шахар Кенгаши БПТ раиси Э.Жураев2018-06-13 14:58:14

Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг ШҲТ давлатлари раҳбарларининг Қўшма мурожаати ва уни амалга ошириш бўйича Ҳаракатлар дастурини қабул қилиш тўғрисидаги ташаббуси мамлакатимиз ёшларига янада кенг имкониятлар эшигини очишига ишонамиз.


O'zLiDeP Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари Набижон Артиков 2018-06-13 14:51:22

"Ёшларга эътибор, келажакка эътибор" албатта ёшларга жудда катта эътибор ва имкониятлар яратилиб берилмоқда мухтарам президентимиз Ш.Мирзиёев томонидан. Партиямиз ҳам президентимизнинг олиб бораётган ишларига елкадош бўлиш мақсадида "Ёшлар қаноти" фаолиятига катта эътибор қаратилмоқда.


O`zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири Зебинисо Сапарова Давлат қизи2018-06-13 14:37:04

Шанхай ҳамкорлик ташкилоти томонидан ёшлар масаласига алоҳида эътибор қаратилиши бугунги кун талабидир. Партиямиз ёшлари ҳам ушбу ислоохотни қўллаб-қувватлайди, деб ўйлайман.


Камрон Атожонов.Хива шахар фаоли.2018-06-13 12:49:10

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг ШХ,Т давлатлари рахбарларининг Қўшма мурожаати ва уни амалга ошириш бўйича Харакатлар дастурини қабул қилиш тўғрисидаги ташаббусини қўллаб-қувватлашлари мухим ахамиятга эга бўлиб, айниқса биз ёшларнинг юртимизга содиқ фарзанд, муқаддас динимиз, қадриятларимиз,урф-одатларимиз ва анъаналаримизнинг хақиқий мохиятини тушуниб етган холда дастур-амал бўлиб хизмат қилади.


Турдиев Асадулло Термиз туман Кенгаши ижрочи котиби 2018-06-13 11:28:52

Циндао шаҳрида бўлиб ўтган ШТҲ раҳбарларининг учрашувида Қўшма мурожаатини қўллаб-қуватлаши муҳим аҳамиятга эгадир.


Олтинсой туман Кенгаши депутати Б.Абдуразаков2018-06-13 11:27:19

Президентимиз томонидан ёшларга берилаётган имокниятлардан фойдаланган холда муносиб фарзан юртига керакли инсонлар бўладилар деган умиддаман.


Жиззах вилоят Ғалаба МФЙ БПТ раиси А.Бозорбоев2018-06-13 11:07:02

Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг ШҲТ давлатлари раҳбарларининг Қўшма мурожаати ва уни амалга ошириш бўйича Ҳаракатлар дастурини қабул қилиш тўғрисидаги ташаббуси мамлакатимиз ёшларига янада кенг имкониятлар эшигини очишига ишонамиз.


И.Умирзақов Қува тумани "Акбаробод" МФЙ БПТ раиси, Туман кенгаши депктати 2018-06-13 11:01:30

ШҲТга аъзо давлатлар раҳбарлари Кенгашининг кенгайтирилган таркибдаги мажлисида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев томонидан минтақада мутлақо янги сиёсий муҳит шакллангани, унда ташкилотнинг асосий мақсадларига эришиш ва унинг олдида турган вазифаларни бажариш, Марказий Осиёда барқарорлик, тинчлик ва фаровонликни таъминланиши тўғрисидаги фикрлари кишини фикрлашга чорлайди чунки бу омиллар бўлмаса иқтисодиёт ривожланмайди.


Fikringizni qoldiring

+