Oilaviy biznesni rivojlantirish – O‘zLiDeP e’tiborida

12.10.2017, 17:57

Oilaviy biznesni rivojlantirish – O‘zLiDeP e’tiborida

Narpay tumandagi “Tepaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini qoshidagi O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotida “Oilaviy biznesni rivojlantirish: muammolar va ularni hal etish yo‘llari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga biznes-reja tuzish va kredit olish bilan bog‘liq masalalari bo‘yicha aniq ma’lumotlar berildi.

– Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratib berilgan, – deydi tadbir ishtirokchisi Shalola Luqmonova. – Men bundan oldin ham O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”ning “Oilaviy tadbirkorlikdan – mustahkam oilaga” loyihasida ishtirok etgan edim. O‘shanda issiqxona tashkil etish bo‘yicha biznes rejamni “Agrobank” tuman filialiga taqdim etgandim. Biznes loyiham istiqbolli deb topildi va bankdan 7 mln. so‘m imtiyozli kredit olgandim. Hozirda oilamiz bilan issiqxonada turli xildagi qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirmoqdamiz.

Davra suhbatida shuningdek, tadbirkorlar haq-huquqlarini himoya qilish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati, tadbirkorlik faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar, shuningdek ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi to‘g‘risidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

 O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1871
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Бобожонова Р. Шовот туман Кенгаши ижрочи котиби2019-01-15 13:48:57

Давлатимиз раҳбари, Қуролли Кучлар Олий Бош Қўмондони Шавкат Мирзиёев тамонидан топширилган мукофотлардан Харбийларимиз янада кучга тўлганликларига шубхамиз йўқ.


Fikringizni qoldiring

+