Jizzaxlik deputatlarimiz aholi bandligini ta’minlash masalasini muhokama qildi

12.06.2018, 16:43

Jizzaxlik deputatlarimiz aholi bandligini  ta’minlash masalasini muhokama qildi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Jizzax shahar bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari Sherzod Murodovning hisobotini  tingladi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, “Jizzax shahrida 2018 yilda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi” bo‘yicha joriy yilning birinchi choragi davomida 102 ta yangi ish o‘rni yaratish belgilangan bo‘lib, amalda bu ko‘rsatkich 306 tani tashkil etdi.

– Markaz chet elga ketib, qaytib kelgan fuqarolarni ijtimoiy himoyaga olish, xususan, ularni ish bilan ta’minlashni qat’iy nazoratga olgan, – deydi Sh.Murodov. – Mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan mehnat inspektorlari tomonidan chet eldan qaytib kelgan fuqarolar bilan doimiy muloqot qilinib, ulardan 172 nafarining bandligi ta’minlandi.

Yig‘ilish davomida aholini oilaviy tadbirkorlikka jalb etish, xususan, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini to‘rt tomonlama shartnoma asosida ishga joylashishlarini ta’minlash masalasi bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish haqida taklif-tafsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

                  matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1464
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Шамшод Жафаров 2018-06-13 10:01:22

Чет элдан қайтган фуқоролар иш билан банд қилиниши Уларнинг юртига бўлган қарашларига ижобий таъсир кўрсатишига ишонаман


Халқ депутатлари Миришкор туман Кенгаши депутати Бешбой Шарипов2018-06-13 09:08:12

Ташкилот раҳбарларининг ҳисоботини туман Кенгаши Депутатлари эшитиши ташкилот раҳбарларини масулиятини оширади


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-06-13 00:10:56

Aholi bandligi davlatimiz oldida turgan o'ta muhim masala , bu masalaning echimi bitta ,ish o'rinlari taskil qilish.Ish o'rinlarini asosiy qismini partiyamiz elektorati bo'lgan tadbirkor va ishbilarmonlar yaratmoqdalar.Biz esa ularni qo'llab quvvatlashimiz zarur.


Қобил Астонов O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ташкилий-партиявий ишлар бўлими мудири2018-06-12 19:05:00

Аҳоли бандлигини таъминлаш, уларни фаравон ҳаёт қуришлари учун шарт-шароит яратиш бугунги кунда асосий масалалардан бири. Бу борада жойларда салмоқли ишлар қилинмоқда. Шунга қарамасдан аҳоли орасида ишсизлар кўпчиликни ташкил қилади.


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиб2018-06-12 17:02:52

Аҳоли бандлигини таъминлаш ҳозирги кундаги энг жолзарб муаммолардан биридир. Бу борада олиб борилаётган ишлар кўламини янада кенгайтириш лозим. Ишсизлик даражаси қанча камайса халқни фаровон турмуши таъминланади.


Fikringizni qoldiring

+