Hakima tanlov g‘olibi

12.06.2018, 16:51

Hakima tanlov g‘olibi

Namanganda “Ishbilarmon ayol” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

"Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" Davlat dasturi ijrosi doirasida o‘tkazilgan tanlov Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashi, viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamkorligida tashkil qilindi.

Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilarning turli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Ishtirokchilarni baholashda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi izlanishlar, qancha ish o‘rni yaratilgani va sub’ektning eksport yo‘nalishidagi natijalariga alohida e’tibor qaratildi.

Birinchi o‘rinni Namangan shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Mega star flowers” MChJ rahbari Hakima Toshmatova egalladi.

2016 yilda tashkil topgan mazkur korxona rahbari yurtimizda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yaratilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalangan holda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib, tashqi bozorga ham chiqishga ulgurdi. Xorijiy texnologiyalar asosida temir xomashyosini qayta ishlash, shakl berish, pardozlash, temir buyumlar va panjara ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada 90 dan ziyod kishi ish bilan ta’minlangan. 

O‘tgan yili 800 million so‘mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, uning 45 foizi Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlariga eksport qilindi.

– Bu yil mahsulotimizga turkiyalik shaharsozlar ham katta qiziqish bildirdi, – deydi H.Toshmatova. – Natijada yo‘l bo‘ylariga o‘rnatiladigan naqshinkor panjara to‘siqlardan 200 kilometr tayyorlab berish bo‘yicha shartnoma tuzdik va hozirda ushbu shartnoma asosida ish boshlangan.

Tanlovning ikkinchi darajali diplomini Uychi tumanidagi “Uychi obod zamini” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Barno Mirzamova va uchinchi darajali diplomini Kosonsoy tumanidagi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Pastry boutiaue” xususiy korxonasi rahbari Nargiza Akbarova qo‘lga kiritdi.

Tadbirda, shuningdek, “Zamonaviy tadbirkor ayol”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Bitiruvchi qizlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan ishbilarmon ayol”, “Tashabbuskor ayol” nominatsiyalari g‘oliblari ham taqdirlandi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1080
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Toshkent shahar Yoshlik talabalar shaharchasi kengashi a'zosi Ramazonov Sherbek2018-06-14 14:31:22

Tadbirkor-yurtga madadkor.Tadbirkor insonlar qatorida ayollarining o'z o'rni o'z pozitsiyasi bor va bu borgan sari kuchayib, mustahkamlanib bormoqda. "Tadbirkor ayol" va shunga o'xshash tanlovlarni o'tkazilishi ayniqsa tadbirkorlik faoliyatining samarali bo'lishi bilan bir qatorda yangi yangi iqtidorlarni kashf etadi.Yurtimiz ravnaqiga hissa qo'shishni maqsad qilgan ishbilarmon ayollarimizga omadlar tilab qolamiz!!!


“Sirius Selvana” МЧЖ раҳбари, БПТ раиси Б.Атажонова2018-06-13 14:24:41

Аёлларимиз орасида ишбилармон, тадбиркор хотин-қизларнинг ҳақиқий маҳоратлари бугун "Ишбилармон аёл" кўрик танловида яққол кўзга ташланмоқда. "Ишбилармон аёл" кўрик танловининг барча иштирокчиларига омад тиламиз.


Хива туман Аёллар масалалари бўйича раис ўринбосари Д.Ибрагимова2018-06-13 12:44:31

Аёлларимиз барча сохада бирдек фаоллар. "Ишбилармон аёл" кўрик танловининг барча иштирокчиларига омад тилаб қоламиз.


Шамшод Жафаров 2018-06-13 09:58:15

Тадбиркор аёлларимизнинг жамиятнинг барча қатламларида бирдек фаолият олиб бормокдалар.Бу бизни қувонтиради.


Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-06-12 19:16:18

Кўрик-танловда иштирок этиб ўрин олган иштирокчилримизни кейинги босқичларида омадлар тилаб қоламиз.


Қобил Астонов O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ташкилий-партиявий ишлар бўлими мудири2018-06-12 18:58:24

Мана шундай лойиҳаларни ташкил қилиш орқали қанчадан қанча истеъдодли ёшларимиз ўзларини намаён қилмоқда. Қачонки, уларнинг меҳнатлари рағбатлантирилса, ишида самара бўлади. Ўзбек тадбиркорларига имконият яратилса бас, улар дунёни заб этишга қодир.


Матлуба Жўраева Сурхондарё вилоят Кенгаши "Аёллар қаноти" бўлим мудири 2018-06-12 18:23:28

Кўрик-танлов жуда чиройли ўтказилган. Бу лойиха орқали партиямиз сафига тадбиркор ишбилармон хотин-қизларимиз сони кўпайиб бормоқда.


Шоира Эшбоева,Навоий вилояти 2018-06-12 17:42:55

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda mana shunday korik tanlovlarning o'rni katta hisoblanadi."Ishbilarmon ayol"ko'rik tanlovi bugun yurtimiz boylab koplab ishbilsrmon ayollarni kashf qilmoqda.


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-06-12 17:08:38

Аёлларимиз орасида ишбилармон, тадбиркор хотин-қизларнинг ҳақиқий маҳоратлари бугун "Ишбилармон аёл" кўрик танловида яққол кўзга ташланмоқда. Аёллардаги фаолликка кўз тегмаси.


Fikringizni qoldiring

+