“Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim, deyishmoqda namanganlik faollarimiz

12.06.2018, 16:55

“Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim,  deyishmoqda namanganlik faollarimiz

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbir Prezidentimizning “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkor va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatishga qaratilgan amaliy ishlar ko‘lami kengayib borayotgani ta’kidlandi.

–Mazkur xujjat bilan tasdiqlangan “Har bir oila – tadbirkor” dasturini izchil amalga oshirish orqali o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarning orzusi  ushaladi, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Ibrohim Sattarov. – E’tiborli tomoni shundaki, dasturga asosan tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilish uchun ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar ajratishni rag‘batlantirish hamda soxaga aloqador tashkilotlar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilshi natijasida aholi bandligini ta’minlashga va bu orqali ularning tumush farovonligini yanada oshishiga erishiladi.

Tadbirda partiyaning barcha darajadagi xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari va faol tadbirkorlar tomonidan joylarda, ayniqsa viloyatning olis hududlarida istiqomat qilayotgan aholi vakillariga tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha master-klass usulida biznesning sir-asrorlarini o‘rgatish va  tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga yaqindan yordam berish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yulduz YULDAShEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matubot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1376
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Улугбек2018-06-20 16:22:15

Ас салому алайкум Чорвачилик Билан шугулланмокчиман кандай килиб Энг Кам иш хакини 1000 баробарида имтиёзли кридит олса булади 50 бош корамол бокиладиган молхона фойдаланишга тайёр.


Toshkent shahar Yoshlik talabalar shaharchasi kengashi a'zosi Ramazonov Sherbek2018-06-14 14:45:03

Jannatmakon yurtimizda tadbirkorlik faoliyatining ommaviy tus olishi va iqtisodiyotimizning gurkirab rivojlanishi uchun bugun keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.Muhtaram prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan "Har bir oila- tadbirkor" davlat dasturi ham buning yaqqol namunasidir. Buni ommaga keng targ'ib qilish va yosh oilalarning o'z biznesini boshlashga ko'maklashishda partiya a'zolarimizning bu kabi faolliklari tahsinga loyiq.


O'zLiDeP Томди туман бўлими ижрочи котиби Е.Курманбаев2018-06-13 16:22:31

Президентимизнинг “Ҳар бир оила – тадбиркор” дастурини амалга ошириш тўғрисида”ги қарори мазмун-моҳияти жойларда депутатлар хамда тадбиркорлар билан биргаликда аҳоли билан кўплаб тарғибот ишларини ўтказиб боришимиз лозим.


Ыглымхан2018-06-13 15:40:23

Президентимизнинг "Хар бир оила-тадбиркор дастурини амалга ошириш тугрисида"ги карори нафакат ахолининг тадбиркорлик ташаббусларини куллаб-кувватлаш,балки уларнинг бандлигини таъминлаш ва бу оркали ахолининг турмуш фаровонлигини ошишига эришилади.


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-06-13 09:42:07

"Har bir oila tadbirkor" dasturi bo'icha biz partiya faollari aholi orasida xonadonma xonadon yurib targ'ibot ishlarini olib borishimiz kerak.


Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-06-13 08:57:04

“Ҳар бир оила – тадбиркор” дастурини амалга оширилиши аҳолимиз даромадини ошириш билан бир қаторда халқимиз хонадонларига тадбиркорлик ва ишбилармонлик мухитини яратилишига эришади.


М.Наджапова O'zLiDeP Когон шаҳар Кенгаши БПТ раиси2018-06-13 07:17:38

Ushbu imkoniyatdan nafaqat elektoratimiz vakillari, balki partiya xodimlari ham foydalansalar, ancha yengilliklarga ega bo'ladilar, deb o'ylayman.Ушбу имкониятдан нафақат электротларимиз вакиллари, балки партия ходимлари ҳам фойдалансалар, анча қулай имкониятларга эришадилар деб ўйлайман.


Қобил Астонов O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ташкилий-партиявий ишлар бўлими мудири2018-06-12 18:52:10

Президентимизнинг аҳоли учун яратиб бераётган ушбу имтиёзларидан энди биз ҳам самарали фойдаланишимиз керак. Хотин-қизлар, айниқса ёшларга мастер-класс усулида тушунтириш ишларини олиб бориш, уларга тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйишларида яқиндан кўмак бериш лозим.


O‘zLiDeP Олтинсой туман Кенгаши аппарат рахбари Тиркашов Абдурасул 2018-06-12 18:17:27

Президентимизнинг “Ҳар бир оила – тадбиркор” дастурини амалга ошириш тўғрисида”ги қарори мазмун-моҳияти жойларда тарғибот-ташвиқот қилиш ишларини олиб боришимиз лозим.


Қосимжон Шопўлатов Хатирчи туман кенгаши депутати2018-06-12 17:37:09

“Ҳар бир оила – тадбиркор” дастурини изчил амалга ошириш учун Дастурни гуруларга ва оммавий ахборот воситаларига чиқишлар давра сухбатлари ўтказиш билан халққа етказишимиз керак шахса мен ўзим Хатирчи Ҳаёти газетасига чиш қилиш билан мазкур Дастур билан янада Хатирчиликларни хабардор этаман


Fikringizni qoldiring

+