O‘zLiDeP tashabbusi bilan o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasida 12 kishi ishli bo‘ldi

13.06.2018, 17:41

O‘zLiDeP tashabbusi bilan o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasida 12 kishi ishli bo‘ldi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “Sen ham faol yoshlar safidasan” shiori ostida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasini tashkil etdi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi Sh.Safarbayev. – Mazkur yarmarkada shahar hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 164 ta korxona va tashkilot 1492 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida qurilish, payvandlash, xizmat ko‘rsatish sohasi, jumladan, tikuvchilik uskunalarida tikish-bichish, sartaroshlik va shu kabi ko‘plab sohalar bo‘yicha ish beruvchilarning texnologiyalarini namoyish etishlari uchun alohida maydonchalar tashkil etildi.

Yarmarka yakunida 12 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.

– Bugun men ushbu yarmarkada bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib chiqdim, - deydi Urganch qurilish kasb-hunar kollejini 2017 yilda tugatgan Rasul Umarov. – Kollejni tugatganimdan keyin o‘zimga mos ish topa olmay yurgandim. Ayrim joylarga borganimda bo‘sh ish o‘rni yo‘qligini eshitib, xafa bo‘lardim. Bugun o‘zimning yo‘nalishim bo‘yicha “Oybek-Otabek-Binokor” korxolnasi bilan mehnat shartnomasi imzoladik. Ertadan men ham ish boshlashim va ota-onamga yordamchi bo‘lishim mumkin. Ushbu yarmarkani tashkillashtirganlarga katta rahmat aytaman.

Jumanazar Qurbanov

O‘zLiDeP  Xorazm viloyat Kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari-

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1316
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O‘zlidep Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi Kelajak deputatlari guruhi a‘zosi Mengnorov Jo‘rabek2018-06-25 16:30:33

Bunaqangi yarmarkalarni tez tez o‘tkazib turish kerak. Bunda bandlikka ko‘maklashish markazini yordami judda katta bo‘lishi kerak har bir tashkilotlardan haftalik hisobot olib bo‘sh vakant joylar haqida. Bo‘sh joylarga tez tez yarmarkalar tashkil qilinsa ishsiz yurgan aholi anchaginasi ish bilan ta‘minlangan bo‘lardi dib o‘ylayman


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ туман бўлими ижрочи котиб2018-06-14 15:18:04

Ҳозирги кунда ишсизларни иш билан таъминлаш муҳим аҳамиятга эга. Ҳурматли Президентимиз иккита инсонни иш билан таъминлаганни мен бошимда кўтараман деб айтганди. Демак ЎзЛиДеП ҳам қайсидир маънода ҳурмат ва эҳтиромга сазовор бўлиптида.


O`zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири Зебинисо Сапарова Давлат қизи2018-06-14 10:14:40

“Сен ҳам фаол ёшлар сафидасан” шиори остида бўш иш ўринлари меҳнат ярмаркасини ташкил этилиши ҳамда уюшмаган ёшларнинг иш билан таъминланиши партиямиз ҳам ташаббускор бўлаётгани қувонарли хол албатта.


Хива туман Кенгаши ижрочи котиби Я.Хожаниязова2018-06-14 08:56:48

Хоразм вилоят Кенгаши ташаббуси билан ташкил этилган “Сен ҳам фаол ёшлар сафидасан” шиори остида бўш иш ўринлари меҳнат ярмаркасида 12 нафар фуқарога ишга жойлашган. Ёшларни бандлигини таъминлаётган бундай тадбирлар қанчалик кўп ўтказилса шунчалик натижадорли бўлар эди.


Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-06-13 18:03:07

Ишсиз фуқароларни бандлигини таъминлаётган бундай тадбирлар қанча ўтказилса мақсадга мувофиқдир.


Fikringizni qoldiring

+