Bo‘zlik yosh faollarimiz “Yozni kamalak bilan o‘tkaz” aksiyasini tashkil etdi

13.06.2018, 17:45

Bo‘zlik yosh faollarimiz  “Yozni kamalak bilan o‘tkaz” aksiyasini tashkil etdi

Xalq deputatlari Bo‘z tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari hamda “Kelajak deputatlari” guruhi “Yozni kamalak bilan o‘tkaz” aksiyasini tashkil etdi. Aksiya doirasida tumandagi maktab va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘rtasida turli sport musobaqalari hamda mutolaa bahsi o‘tkazildi.

– Aksiyani tashkil qilishdan asosiy maqsadimiz, yoshlarning yozgi ta’tillarini maroqli o‘tkazishga ko‘maklashish, ularda sport va sog‘lomlashtirish hamda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat, – deydi Xalq deputatlari Bo‘z tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Feruzaxon Rustamova. – Aksiya doirasida saralangan, iqtidorli yigit-qizlarning safimizga qabul qilinganidan mamnun bo‘ldik.

Aksiya ishtirokchilari uyda ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga ham partiyaning esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

                                             Xurshidbek ZOKIROV,

 O‘zLiDeP  Bo‘z tumani

Kengashi  apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1152
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Бобожонова Р. Шовот туман Кенгаши ижрочи котиби2018-06-14 10:31:00

Фаоллар ташаббуслари билан жойларда ўтказилаётган бу каби тадбирлар ёш авлоднинг партияга қизиқишини янада орттиради.


Fikringizni qoldiring

+