Buxorolik 30 nafar ishbilarmon ayol o‘z mahsulotlarini namoyish etdi

13.06.2018, 17:49

Buxorolik 30 nafar ishbilarmon ayol o‘z mahsulotlarini namoyish etdi

Buxoroda “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Buxoro shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 30 ga yaqin tadbirkor ayol o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi.  

– Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning vatanimiz kelajagi yo‘lidagi intilishi, ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi faol ishtiroki bugungi zamonaviy tadbirkor ayol qiyofasini yaratmokda, – deydi, O‘zLiDeP Buxoro shahar Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari   M. Fayzullayeva. – Bugungi ko‘rik-tanlov ham ana shu maqsad yo‘lidagi navbatdagi qadamdir. Tanlov hakamlari xotin-qizlarning qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratgani, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqargani, aholiga xizmat ko‘rsatishning ixtisoslashganiga qarab baholashdi. Quvonarlisi shundaki, tanlov davomida tadbirkor ayollar o‘zaro tajriba almashish imkoniga ham ega bo‘lishdi.   

Tadbir so‘ngida tadbirkor  ayollardan “Omad Baxt Quvonch” MChJ non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi rahbari Hilola Halimova “Zamonaviy tadbirkor ayol portreti”, “Tadbirkor Biznes Sentr” nodavlat ta’lim muassasasi kasb-hunar o‘quv markazi rahbari Sabohat Davronova Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli” nominatsiyalari buyicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

                                        Shamshod JAFAROV,

                                                                   O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

                                                matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1236
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ туман бўлими ижрочи котиб2018-06-14 14:59:57

"Ишбилармон аёл" кўрик танловининг иштирокчиларига Республика босқичида омад тилайман. Вилоятлардан энг ишбилармон аёллар Республика босқичида беллашади. Уларни баҳолашда менимча ҳакамлар ҳайъати қийналишса керак.


Шовот туман Кенгаши ходими2018-06-14 10:45:23

“Ишбилармон аёл” кўрик-танловининг жойлардаги босқичларида қатнашаётган ташаббускор, изланувчан, серғайрат тадбиркор аёллар сони ортиб бормоқда.


Усмонов Сардор2018-06-14 09:59:48

Ғолибларни муборакбод этамиз


Г. Қулмўминова O`zLiDeP Шеробод туман Кенгаши ижрочи котиби.2018-06-14 08:56:52

13 июнь куни Сурхондарё вилояти Кенгашининг хотин-қизлар йўналиши бўйича ўтказилган "Ишбилармон аёл" лойхаси кўрик-танлов хотин-қизларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаб, уларнинг ватанимиз келажаги йўлидаги интилиши, ижтимоий-сиёсий ҳаётимиздаги фаол иштироки бугунги замонавий тадбиркор аёл қиёфасини яратмокда.


Fikringizni qoldiring

+