Toshkent shahrining barcha tumanlarida delegatlarni saylash bo‘yicha BPT yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda

10.10.2017, 18:11

Toshkent shahrining barcha tumanlarida delegatlarni saylash bo‘yicha BPT yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashining qaroriga muvofiq shu kunlarda partiya tuman (shahar) Kengashlarida BPTlarning yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishlarda partiya tuman Kengashlari konferensiyalariga delegatlarni saylash hamda xalq deputatlari Toshkent shahar tuman Kengashlari deputatligiga bo‘ladigan saylov kampaniyasida partiyamizning munosib ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Toshkent shahrida ilk bor joriy etilayotgan mazkur saylov yuzasidan tuman partiya tashkilotlarining faol ishtirokida BPT yig‘ilishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Xususan, O‘zLiDeP Shayxontohur tuman Kengashidagi BPT yig‘ilishlari ham samarali tashkil etilmoqda. Tumandagi “Toshissiqquvvati” Davlat ishlab chiqarish birlashmasida o‘tkazilgan BPT yig‘ilishida ham xalq deputatlari Toshkent shahar tuman Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

– Mazkur saylovlar partiyamiz hayotidagi nihoyatda muhim siyosiy sinovlardan biri hisoblanadi, – deydi BPT raisi Nigmatova Fotima – Shuning uchun ushbu muhim siyosiy jarayonda O‘zLiDePning barcha bo‘g‘inlaridagi faollar, shuningdek, elektorat vakillari juda faol qatnashishlari kerak. Zero, saylovlar siyosiy partiyaning jamiyatdagi nufuzi va o‘rnini namoyon etadi.

Yig‘ilishda partiya tuman Kengashi konferensiyasiga 2 nafar vakil saylandi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1406
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошонов Яздон Каттақўрғон туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат раҳбари.2019-01-28 08:30:58

Ўзбекистон-Ҳиндистон ўртасидаги икки томонлама ҳамкорлик алоқаларининг йилдан-йилга ривожланиши иккала давлат учун ҳам манфаатли бўлиб бунинг натижасида бир қанча иқтисодий соҳалар бўйинча катта ютуқларга эришиш мумкин.Шу жумладан туризм савдо - сотиқ ва инвестициялар каби.


Fikringizni qoldiring

+