O‘zLiDeP faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga master-klass o‘tdi

18.06.2018, 17:55

O‘zLiDeP faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga master-klass o‘tdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Amudaryo tuman hokimligida tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi.  

Tadbir tuman eksport salohiyatini oshirish, joylardagi muammolarni o‘rganish orqali ularga tajribali mutaxassislar tomonidan amaliy yordam berilishini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Shu hududda yashovchi Farhod Yaxshimov oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ulanadi. Ayni chog‘da tadbirkor 5 sotixlik yer maydonida gul yetishtirib, mahalliy bozorga yetkazib beryapti. Lekin u yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, faoliyatini yanada kengaytirish niyatida. Shu bois u tadbir davomida mutasaddilardan kredit olishda amaliy yordam so‘radi. Uning murojaati Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari va partiya faollari tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal etishga kelishib olindi.

Tamara Yusupova “Tamara tekstil” korxonasi rahbari. Hozir u rahbarlik qilib kelayotgan korxonada asosan tekstil mahsulotlari ishlab chiqariladi. Biroq tadbirkor kelgusida faoliyatini yanada kengaytirib mahsulotlarini xorijga ham eksport qilmoqchi. Shu bois u tashkilotchilardan eksportyor korxonalarning tajribasini o‘rganish va eksport qilish uchun zarur ko‘rsatmalar berishni so‘radi.  

Tadbirkorga O‘zLiDeP tomonidan joriy yilning iyul oyida tekstil korxonalari ta’sischilari bilan tajriba almashish maqsadida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan sayyor master-klass loyihasi haqida ma’lumot berildi.

Tadbirda bu kabi muloqotlarni Qorakalpog‘iston Respublikasining boshqa tumanlarida ham o‘tkazishga kelishib olindi.   

Muhabbat AXNAZAROVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    538
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Гульнара Рахманова 2018-06-19 09:03:27

Бу каби тадбирлар оркали экспорт салоҳиятини ошириш, жойлардаги муаммоларни ўрганиш орқали уларга тажрибали мутахассислар томонидан амалий ёрдам берилишини таъминлаш бу тадбиркорликни янада ривожлантиришдан иборат. Тадбиркорларимиз учун энг мухими тажриба олмашиш, тадбиркорлик сохасида кенгрок билимга эга булиш оркали уз иш фаолиятини жонлантириш. Бу каби мулокотлар туманларимизда хам утказилса максадга мувофик булари сузсиз


Fikringizni qoldiring

+