Urganchlik deputatlar “Kelajak deputatlari” bilan uchrashdi

18.06.2018, 17:58

Urganchlik deputatlar  “Kelajak deputatlari” bilan uchrashdi

TATU Urganch filiali qoshidagi 1-son akademik litseyida “Kelajak deputatlari” loyihasi doirasida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” hamda “Xalq deputalari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdilar.

–Bugungi kun yoshlari mamlakatimizni ravnaq toptirishning harakatlantiruvchi kuchidir, – deydi Xalq deputatlari Uranch shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Q.Kenjayev. – Zero, intellektual salohiyati yuqori, dunyoqarashi keng, mustaqil fikrlaydigan avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Partiyamizning eng asosiy maqsadlaridan biri ham har tomonlama sog‘lom yoshlarni tarbiyalash, ularni bilimli bo‘lishi, o‘z tadbirkorligini boshlashi va hayotda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat. 

Tadbir davomida “Yoshlar qanoti” tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etilgan “Kelajak deputatlari”, “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish guruhi” faoliyati haqida ma’lumot berildi. 

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob oldilar.

Doniyor JUMANIYAZOV,

O‘zLiDeP  Urganch shahar Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1301
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

З.Жуманиязов - O’zLiDeP Хива туман Кенгаши раисининг ёшлар билан ишлаш бўйича ўринбосари2018-06-19 14:36:24

Ёшларимизни ҳозирдан тарбиялаб бориш зарур. Жумладан эртанги кун кадрларини депутатлар билан учрашувини ташкил қилиш орқали, уларда маъсулият ҳиссини, дунёқарашини шакллантириш, уларни ўз мустақил фикрига эга бўлишига эришамиз.


O‘zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-06-18 19:13:37

Инсониятнинг энг беқарор даврлари бу умумтаълим мактаби ёки лицей ва ўрта-махсус касб-ҳунар коллежларининг тугалланиши билан боғлиқ жараёнларда содир бўлади.Кимдан қандай ахборотни эшитса ёки кўрса амалда ўша воқейликни такрорлашни, амалда қўлашга мойиллиги кучли бўлади. Юқорида келтириб ўтилган тадбирларни янада купроқ қизиқарли ва ҳаётий қилиб ўтказилиши ёшларнинг онгида ватанга муҳаббат ва садоқат руҳида тарбияланишига қолаверса сиёсий нуқтаи назардан ўзларининг шахсий фикр ва ёндошувларининг вужудга келишига замин яратади.


Fikringizni qoldiring

+