“Kelajagimni O‘zLiDeP bilan bog‘ladim”, deyishmoqda samarqandlik talabalar

18.06.2018, 18:07

“Kelajagimni O‘zLiDeP bilan bog‘ladim”,  deyishmoqda samarqandlik talabalar

Bugun mamlakatimiz aholisining 64 foizini yoshlar tashkil etmoqda. Demak, yurtimizda katta kuch ulg‘aymoqda. Shu bois ertamiz egalarini yetuk va malakali kadrlar etib tarbiyalash O‘zLiDePning ustuvor vazifasiga aylangan.

O‘zLiDeP tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasining ishlab chiqilishidan ko‘zlangan maqsad ham, mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalarini siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash, yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga keng jalb etishdan iborat.

Samarqand Davlat universitetida O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda ayni shu jihatlar alohida e’tirof etildi.

–Siyosiy partiyalar o‘rtasida raqobat kuchayib borayotgan bir paytda, faol va tashabbuskor kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib boryapti, – deydi J.Xo‘jamqulov. – Shu bois loyiha doirasida partiyaning markaziy, hududiy Kengashlariga ishga qabul qilishda katta tajribaga ega bo‘lgan kadrlar va fidoyi, vatanparvar yoshlarni ishga jalb etishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

–Tadbir davomida partiyalar faoliyati haqida keng tushunchaga ega bo‘ldim, – deydi Samarqand Davlat universiteti talabasi Alisher Jo‘raqulov. – Kelajakda deputat bo‘lmoqchiman. Men o‘z kelajagimni O‘zLiDeP bilan bog‘lashga qaror qildim. Shu sabab partiyaga a’zo bo‘ldim va kadrlar zaxirasiga olindim.  

Tadbir so‘nggida 20 nafarga yaqin  talaba-yoshlar  partiyaning istiqbolli yosh kadrlar zaxirasiga olindi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

Keep track of the latest news of UzLiDeP on our official pages in social networks «facebook», «instagram» and «telegram»!

  • Ko'rildi
    1083
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O`zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири Зебинисо Сапарова Давлат қизи2018-06-19 10:37:36

“Янги авлод кадрлари” лойиҳаси доирасида ташкил этилаётган бу каби тадбирлар сабаб, келажагимиз эгалари бўлган ёшларимиз ҳисобига сафимиз иқтидорли ва истеъдодли ёшлар билан кенгаймоқда. Ёш кадрларни малакали кадрлар сифатида етишишига партиямиз ҳам бевосита ўзининг муносиб хиссасини қўшмоқда.


O‘zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-06-18 18:26:10

Пухта ўйланган ва айни давр талабига мос тарзда ўтказилган бундай долзарб тадбирларни нафақат Самарқандда балки юртимизнинг ҳар бир ҳудудларида муносиб равишда ўтказилишини таъминлаб берадиган бўлсак, ўзларининг иннавицион ғоя ва креатив лойиҳалари билан мамлакатимиз равнақига ўзларининг хиссаларини қўшишга тайёр турган юзлаб ёшларни жамланишига ҳамда истиқболли режаларини амалга ошишида елкадош бўлган бўлар эдик.


Fikringizni qoldiring

+