Boshlang‘ich partiya tashkilotlari tadbirkorlarga ko‘makdosh

09.10.2017, 18:13

Boshlang‘ich partiya tashkilotlari tadbirkorlarga ko‘makdosh

“O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida partiya Qashqadaryo viloyat hamda Koson tuman Kengashi xodimlari, Nartibaland  boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari bilan birgalikda Nartibaland mahallasida yashovchi O‘zLiDeP a’zosi Eldor Rahimov xonadonida bo‘ldilar.   

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Eldor Rahimov o‘z xonadonida namunali issiqxona tashkil etgan. Mazkur tashrifdan maqsad Nartibaland mahallasida yashovchi aholi o‘rtasida xonadon egasining issiqxona tashkil qilish va uni yuritish bo‘yicha tajribasini ommalashtirish edi.

Tashrif davomida Rahimov Eldor boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolariga o‘z issiqxonasi, unda yetishtirilayotgan mahsulotlar haqida so‘zlab, issiqxonada yetishtiriladigan ekinlar to‘g‘risida amaliy tavsiyalar berdi.

Ishtirokchilar tashrif jarayonida issiqxonadan daromad olish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1773
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умидахон Исломқулова УзЛиДеП Фарғона вилояти Кенгаши Аёлларнинг сиёсий фаоллиги, жамиятдаги роли ва мавқеини ошириш булими мудири 2019-01-25 11:27:43

Муҳтарам Юртбошимизнинг Германия давлатига бўлган ташрифлари ҳар икки давлат учун ҳам катта аҳамият касб этишига ишонамиз.Давлатлар ўртасидаги ўзаро манфаатли шартномалар биз аёлларга юқори кўтаринкилик бахш этди.


Даврон Темиров O`zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2019-01-23 13:01:28

Германия билан кўп қиррали ҳамкорликни чуқурлаштириш мамлакатимиз иқтисодиётига сифат жиҳатдан янгича руҳ бағишлайди. Иқтисодиётга инвестицияларни жалб қилган ҳолда республикада тадбиркорлик муҳитини такомиллаштиришга , хориж инвестицияларини олиб кириш жараёнин шаффофлигини таъминлаш юрт тараққиётига хизмат қилади. Президентимиз таъкидлаганларидек инновация бўлмас экан, ҳеч бир соҳада рақобат, ривожланиш бўлмайди. Шунинг учун партия фаоллари бу соҳадаги ўзгаришларни халқимизга кенг тарғиб қилиб,уларнинг кўникма ва малакаларини оширишга ёрдам беришимиз зарур.


Fikringizni qoldiring

+