Islom Karimov mebel ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirmoqchi

19.06.2018, 17:46

Islom Karimov mebel ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirmoqchi

Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida xususiy sektorning tutgan o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, chekka hududlarda ham ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi tomonidan “Qutlug‘tol” mahallasida “Aholi, ayniqsa, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash O‘zLiDePning dolzarb vazifalardan biridir” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati ayni shu mavzuga bag‘ishlandi.

–Mahallada kichik tadbirkorlik shaxobchalari ko‘p, ammo ishlab chiqarish korxonalari deyarli yo‘q, – deydi “Qutlug‘tol bunyodkorlari savdo servis” korxonasi rahbari Islom Karimov. – Shu bois mahalla hududida yog‘ochdan mebel ishlab chiqarish korxonasi qurish harakatidamiz. Shu bilan birga korxonamizda ishlab chiqarish tarmog‘ini yo‘lga qo‘yib, 20 ta yangi ish o‘rin yaratmoqchimiz. Maqsadimiz mahalladagi uyushmagan yoshlarni shu korxonaga jalb etish.

Ta’kidlash kerak, bugungi kunda 2700 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan mazkur mahallada 2 ta ta’lim muassasasi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari faoliyat yuritmoqda. Lekin kattaroq miqyosdagi ishlab chiqarish sexi yoki korxonasi barpo etish bugungi kun zarurati. Agar “Qutlug‘tol bunyodkorlari savdo servis” korxonasining mebelchilik tarmog‘i ishga tushsa, mahalla yoshlarini ish bilan ta’minlash imkoniyati yanada kengayadi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

 matubot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1570
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олим Норжигитов, Жиззах вилояти 2018-06-27 14:28:29

Мана шундай шижоатли ёш тадбиркорлар сони ортиб бораверсин. Партиямиз бундай ёш тадбиркорларни доимо қўллаб-қувватлайди.


М.Умаров O‘zLiDeP Навоий вилоят Кармана туман аппарат раҳбари2018-06-20 13:05:46

Мана шундай тадбиркорларимиз кўпаяверсин ишларига омад


Навоий вилояти Ч.Раджабов2018-06-20 08:50:35

Юртимизда “Қутлуғтол бунёдкорлари савдо сервис” корхонаси раҳбари каби аҳолини иш билан бандлигини таъминлашга ҳаракат қилаётган тадбиркорларимиз сафи янада кўпайсин.


Fikringizni qoldiring

+