Samarqandlik deputatlarimiz shifokorlarning muomala madaniyatini muhokama etishdi

20.06.2018, 09:53

Samarqandlik deputatlarimiz shifokorlarning muomala madaniyatini muhokama etishdi

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Mirzayevaning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, Samarqand shahridagi aholiga tez tibbiy yordam uchun jami 31 ta brigada xizmat ko‘rsatmoqda, shundan 11 tasi “Hyundai” rusumli avtomashinalardir. Joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida Samarqand shahar oilaviy poliklinikalaridagi tez yordam shoxobchalariga 10 348 ta chaqiriq bo‘lgan, shundan 4 222 tasi surunkali kasalliklar bilan bog‘liq chaqiriqlardir.

– Davlatimiz rahbarining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aholi 152 turdagi dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanmoqda, – deydi N.Mirzayeva. – Bundan tashqari, joriy yilning birinchi choragi davomida jami 39 nogironga nogironlik aravachasi berildi.

Yig‘ilishda deputatlar ayrim tibbiy muassasalardagi shifokorlarning bemorlarga e’tiborsizligi va qo‘pol muomalasi aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘layotganini ta’kidladilar. Shahar tibbiyot birlashmasiga mazkur masala yuzasidan nazorat o‘rnatish vazifasi yuklandi.

Yig‘ilishda bildirilgan fikr-mulohazalar asosida deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1184
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Зухра Хайдарова2018-06-22 11:24:23

Тиббиет ходимларининг. Муомила маданияти хозирги кундаги долзар вазифалардан бири деб уйлеман. Тиббиет ходимларининг муомиласи хамма жойларда хам яхши эмас. Бу масалада Яна урганишларни давом эттириш керак.

Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-06-20 22:34:20

Shifokorlarning muomila madaniyati,ularning bemor bilan uchrashgandagi eng birinchi muolijasi bulib hisoblanadi.Lekin ming afsuski ayrim tibbiyot xodimlarimizning muomilasidan sog' odam ham kasal bo'ladi.Deputatlik guruhi eshituviga ham bu masalaning chiqarishi uning muhimligini kursatib turibdi.Barcha toifadagi tibbiyot xodimlari malakasi oshirilganda muomila madaniyatidan ham mashg'ulotlar o'tkarilishi maqsadga muofiq bo'lar edi.

Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-06-20 12:22:40

Самарқанд шаҳар Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи айни долзарб бўлган масала юзасидан ушбу соҳа эгалари билан ўтказган йиғилишлари ўйлайманки натижадорлиги юқори бўлади.Нажот истаб борган хар бир оддий инсонга биринчи навбатда самиймийлик ва хушмуомалалик керак. Ушбу соҳа вакиллари ўртасида кўпроқ таъсирчан тарзда давра суҳбатлари ва йиғилишлари олиб борилса ўйлайманки ҳамшира ва шифокорларимизнинг тилларидан ширин сўз ва юзларида самимийлик доимо уфуриб туради.

Fikringizni qoldiring

+