“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining poytaxtlik ishtirokchi N.Bekmuratova mahsulotlarini Rossiya, Ukraina, Yaponiya va Turkiya davlatlariga eksport qilmoqda

21.06.2018, 18:03

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining poytaxtlik ishtirokchi N.Bekmuratova mahsulotlarini Rossiya, Ukraina, Yaponiya va Turkiya davlatlariga eksport qilmoqda

O‘zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. 

Tanlovda 12 nafardan ortiq ishbilarmon, tadbirkor ayollar o‘zining ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bilan qatnashib, ish faoliyati haqida hakamlar hay’atiga so‘zlab berdi.

– Korxonamiz 2016 yilda tashkil etilgan, – deydi tanlov g‘olibi, “Elegant Grant Textile” MChJ rahbari Nargiza Bekmuratova. – Ayni chog‘da korxonamizda 500 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. E’tiborli jihati, bugun korxonamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki borzorlarda balki Rossiya, Ukraina, Yaponiya va Turkiya davlatlariga ham eksport qilinmoqda. Kelgusida ham rejalarimiz ko‘p. Faoliyatimizni yanada kengaytirib ko‘shimcha ish o‘rinlari yaratmoqchimiz.  

Tanlovda g‘olib va sovrindorlar O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tomonidan dimlom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Murodjon O‘RINOV,

O‘zLiDeP  Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1267
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошкент шаҳар Ёшлар билан ишлаш бўлими ходими Таджиева Дилноза2018-06-22 11:39:04

“Аёллар қаноти” томонидан “Ишбилармон аёл” кўрик-танловининг туман босқичида иштирок этган туман ғолиби “Elegant Grant Textile” МЧЖ раҳбари Наргиза Бекмуратова корхонасида ишлаб чиқарилаётган маҳсулотларини Россия, Украина, Япония ва Туркия давлатларига экспорт қилаётгани ҳамда 500 нафар ишчиси борлиги бу албатта катта мувофаққият. Наргиза Бекмуратовага “Ишбилармон аёл” кўрик-танловининг Республика босқичида ҳам ғолиб бўлишида омадлар тилаймиз.


М.Умаров O‘zLiDeP Навоий вилоят Кармана туман аппарат раҳбари2018-06-21 18:35:43

Юртимиз ривожига ҳисса қўшаётган тадбиркор опа-сингилларимиз кўпаяверсин.Ишларида омад тилаб қоламиз


Fikringizni qoldiring

+