Haddan tashqari murakkab tizim soddalashtiriladi

21.06.2018, 18:48

Haddan tashqari murakkab tizim soddalashtiriladi

Mamlakatimiz farmatsevtika bozorining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida joriy yilning 20 iyun kuni “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish samaradorligini oshirish va aholini ular bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi.

Kuzatayotgan bo‘lsangiz, so‘nggi bir yarim yil mobaynida yurtimizda tibbiyot, xususan farmatsevtika tarmog‘iga jiddiy e’tibor qaratilayapti. Bu borada o‘tgan davr ichida o‘ndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bu albatta o‘zining ijobiy natijalarini berayapti. Lekin shunga qaramay bugun amaliyot ushbu soha rivojiga to‘siq bo‘layotgan tizimli muammolar borligini ko‘rsatmoqda. Xususan, dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi haddan tashqari murakkabligicha qolmoqda, bu esa samarasiz dori vositalarining olib kirilishiga sabab bo‘lmoqda.

Mamlakatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan ushbu hujjat ayni mana shu muammolarni bartaraf etilishida asos bo‘ladi.

Farmon bilan tanishar ekansiz, unda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi kabi tegishli tashkilotlar zimmasiga vazifalar yuklangan.  Xususan, ilg‘or xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida bir oy muddatda asosiy kasalliklarning diagnostika va davolash standartlari, klinik protokollari qayta ko‘rib chiqilishini hamda har chorakda Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlash, bu borada tanqidiy o‘rganish o‘tkazish, dori vositalarining bojxona rasmiylashtiruviga, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va realizatsiya qilinishiga talablarni takomillashtirish, bu borada zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Umuman olganda, mazkur farmon amalda dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini soddalashtirish orqali uni yanada takomillashtirish imkonini beradi.

Axmad Toshmuhamedov,

Xalq deputatlari Olmazor

tuman Kengashidagi O‘zLiDeP

deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1162
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдусаматов Тахир2018-06-29 06:15:10

Карор ижросини куйи ташкилотлар сузсиз бажаришса, хамда дорихоналарда ноконуний Дори воситаларга Катти назорат урнатилса максадга мувофик булади


Чилонзор туман Кенгаши Булгакова Стелла2018-06-25 10:02:53

Очень рада,что принят Указ Президента Республики Узбекистан «О мерах по повышению эффективности государственной регистрации лекарственных средств и улучшению обеспечения ими населения» от 20 июня 2018 г, который значительно позволит более эффективно осуществлять контроль ввозимых лекарственных средств в нашу строну.


Носирова Шоира Кармана туман Кенгаши депутати2018-06-22 17:21:49

Мамлакатимиз раҳбари томонидан қабул қилинган ушбу ҳужжат фармацевтика бозорининг инвестициявий жозибадорлигини оширади ва мавжуд муаммоларни бартараф этилишида асос бўлади.


Акбар АЛЛАНОВ O`zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими косултанти2018-06-22 16:27:40

Дори-дармон воситаларини тартибга солиш ҳозирги кунимизнинг долзарб масалаларидан бири бўлиб келаётган эди 20 июнь куни “Дори воситаларини давлат рўйхатидан ўтказиш самарадорлигини ошириш ва аҳолини улар билан таъминлашни яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони уушбу соҳани изга солишда муҳум аҳамиятга эгадир.


М.Умаров O‘zLiDeP Навоий вилоят Кармана туман аппарат раҳбари2018-06-21 18:59:19

Дори-дармон соғлиқни сақлаш бу анчадан бери халқимизни қийнаб келаётган масала ушбу муаммоларга ўзимиз ҳам ҳалигача кундалик ҳаётимизда дуч келаяпмиз,фармон айни вақтда қабул қилингани яхши бўлибди.


Fikringizni qoldiring

+