Kattako‘rpalik Mamadiyor Do‘stovning baliqchilik fermasida BPT ochildi

22.06.2018, 06:47

Kattako‘rpalik Mamadiyor Do‘stovning baliqchilik fermasida BPT ochildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Kattako‘rpa mahallasidagi “Mamadiyor Do‘stov” baliqchilik fermasida “Tomorqa – beminnat daromad manbai” mavzuida amaliy muloqot tashkil etildi. Unda partiya viloyat Kengashi xodimlari, boshlang‘ich partiya tashkiloti raislari, tadbirkor va fermerlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

–2009 yildan buyon baliqchilik bilan shug‘ullanaman. Ayni chog‘da 9 gektar yer maydonida 50 ming dona Afrika laqqasi, Amur, Zog‘ora kabi baliq turlari yetishtiryapmiz, –  deydi Mamadiyor Do‘stov. – E’tiborlisi, fermamizda 8 nafar ishchi-xodim doimiy ish bilan band. Ularning har biriga esa 500 ming so‘mdan oylik maosh tayinlaganmiz. Bundan tashqari, yil oxirida ko‘rilgan foydaga qarab 2-3 million so‘mdan qo‘shimcha pul mukofoti berishni joriy qilganmiz.

–Mahallamizda tadbirkor va ishbilarmonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular bizning faxrimiz, – deydi “Kattako‘rpa” MFY raisi Abdulhafiz Ashurov. – Bizda ishsiz odamning o‘zi yo‘q. Hamma mehnat bilan band. Shuni evaziga mahallamizda keyingi yillarda ajrimlar, jinoyatlar qayd etilmagan.

Tadbir so‘nggida “Mamadiyor Do‘stov” baliqchilik fermasining 5 nafar ishchisi O‘zLiDeP safiga qabul qilinib, ferma qoshida boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1257
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошкент ш.ЁШЛИК ТШ Ёш либераллар клуби аъзоси 2018-06-22 23:33:42

Эндиликда БПТ лар узаро алокаларни тиклаб фикр алмашиниб туришса максадга мувоффик булар эди


Тошкент Ёшлик т.ш. Кенгаши Рахмонова С.2018-06-22 22:51:50

Вилоятларимизнинг фермер хужалик ва чорва мана энди баликчилик хужалигида хам БПТ ларнинг очилиши партиямизнинг энг катта ютукларидан бири деб биламиз.Сафимиз ортиб боришига тилакдошмиз


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-06-22 22:05:08

Мамадиер ака жуда багри кенг инсон,байрамларда махалладаги кам та'минланган оилаларни ,нуронийларни йуклаб туради ,албатта балик билан.


Баширов Зохиджон Каттақурғон шахар Кенггаши ижрочи котиби 2018-06-22 17:12:08

Партия сафларига кўпроқ Мамадиёр акадек тадбиркор ва фермерларни жалб қилишимиз зарур.


Акбар Алламов O'zLiDeP Сурхондарё вилояти Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими этакчи консултанти2018-06-22 15:58:28

Асосий электоратимиз вакилларини партиямизга аъзо қилишимиз ва БПТларни ташкил этишимиз мақсадга мувофиқ.


Fikringizni qoldiring

+