Uzunlik deputatlarimiz tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri hisobotidan qoniqdi

24.06.2018, 12:25

Uzunlik deputatlarimiz tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri hisobotidan qoniqdi

Xalq deputatlari Uzun tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda deputatlar tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Q.Saparovning hisobotini tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, bugungi kunda tumanda maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olingan bolalar soni 2681 nafarni tashkil etadi. Shu bois hozirda bolalarni bog‘chaga qamrab olish darajasini oshirish maqsadida hududda yana 825 o‘ringa mo‘ljallangan 15 ta loyiha bo‘yicha qurilish ishlari olib borilmoqda.

–Shuningdek, tumandagi barcha Maktabgacha ta’lim muassasalari 44 million so‘mlik oshxona jihozlari va 70 million so‘mlik yumshoq mebellar bilan ta’minlandi, – deydi Q.Saparov. – Bundan tashqari, MTMni oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Termiz davlat universiteti huzuridagi kadrlarni qayta tayyorlash kursida 49 nafar pedagog qayta tayyorlanib, kasbiy malakasini oshirmoqda.

Yig‘ilishda xalq deputatlari Uzun tuman kengashidagi partiya  deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.                                                                                       

Feruza NORQULOVA,

                                                                                 O‘zLiDeP Uzun tuman kengashi

                                                                                         ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    1070
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+