Jizzaxlik yoshlarga Prezident farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi
24.06.2018, 12:33

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar bugungi va ertangi kunimizning asosiy kuchi va tayanchi” mavzuida davra suhbati o‘tkazdi. Unda partiya “Yoshlar qanoti” faollari, kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari va o‘quvchilari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan yigit-qizlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlarga Prezidentimizning 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va o‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmon mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
–Tadbir davomida nafaqat mamlakatimizda yoshlarga doir amalga oshirilayotgan islohotlar bilan, balki partiya tomonidan o‘tkazib kelinayotgan turli loyihalar haqida ham aniq ma’lumotlarga ega bo‘ldik, – deydi tadbir ishtirokchisi Malika O‘skanova. – Endi partiya tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda doimiy ishtirok etib tengqurlarim bilan fikr almashish barobarida siyosiy bilimlarimni yanada oshirib boraman.
Shuningdek, tadbir davomida kitoblar ko‘rgazmasi, yosh rassomlarning ijod namunalari, yosh tadbirkor, hunarmand va ixtirochilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Saida UMARALIYEVA,
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Mening ovozim – Vatanim kelajagi
21.09.2019, 11:51
-
Samarqandda “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
17.09.2019, 17:49
-
Joriy yilda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda 2 milliondan ortiq yoshlar ilk marotaba ishtirok etadi
08.09.2019, 10:58
-
Ishtixonda besh tashabbus doirasida o‘tkazilgan tadbirda 200 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi
26.08.2019, 16:13
-
O‘zLiDeP yoshlar uchun “QQAVTOTEXXIZMET” korxonasiga sayohat uyushtirdi
16.08.2019, 09:53
Bildirilgan fikrlar
Б.Саидолимов Хўжаобод туман Кенгаши2018-06-28 18:01:32
Биз хохлаймизми йўқми, яқин 5-10 йилда бутун миллат, мамлакат тақдири хозирги 20-25 ёшдаги инсонлар қўлига ўтади. Шундоқ экан мазкур ёшларни келажакдаги ишлар учун хозирдан тайёрлаб бориш барчамизнинг кечиктириб бўлмас бурчимиздир. Мустақил Ўзбекистонимизнинг тиниб тинчимас ёшларини яқинлашиб келаётган ёшлар куни билан чин қалбимдан табриклайман.
Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-06-26 18:40:44
Ёшларни жамиятимизда олиб борилаётган жараёнлар билан доимий таништириб бориш -келажакка эътибор
Жиззах шаҳар Кенгаши ижрочи котиби2018-06-25 15:19:31
Шаҳримизда ёшларни ватанпарварлик, миллий анъана ва қадриятларимизга ҳурмат руҳида тарбиялаш, маънавий етук ва жисмонан соғлом баркамол авлодни вояга етказиш, уларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш борасида O'zLiDeP вилоят Кенгаши "Ёшлар қаноти" бўлими кўзга кўринарли ишларни амалга ошириб келмоқда. “Ёшлар куни” муносабати билан ҳам худудларда бир қанча тадбирлар ўтказилмоқда.