O‘zbekistonga Gollandiyadan serhosil va issiqqa chidamli 30 xil navdagi kartoshka urug‘lari keltirildi

25.06.2018, 10:08

O‘zbekistonga Gollandiyadan serhosil va issiqqa chidamli 30 xil navdagi kartoshka urug‘lari keltirildi

Bu haqda O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda Bulung‘ur tuman hokimligi hamkorligida “Hududda kartoshkachilikni rivojlantirish: bugungi holat va istiqboldagi rejalar” mavzuida tashkil etilgan tadbirda ma’lum qilindi.

– O‘zbekiston o‘ziga xos iqlimga ega, biz yurtingizga issiqqa chidamli va kam suv talab qiladigan kartoshka urug‘larini yetkazib beryapmiz, – deydi  Gollandiyalik “AGRICO”  kartoshka urug‘chiligi firmasi mutaxassisi  Piter Gelyuk. – Hozirda iqlim sharoitingizga mos 30 turdagi urug‘lar tanlangan bo‘lib, ularning 17 turdagisi yurtingizga keltirildi.

Ta’kidlash kerak, Gollandiya “AGRICO” firmasining  O‘zbekiston bilan hamkorligiga 25 yildan oshdi. Mazkur firma tomonidan vatanimizga keltirilgan kartoshka navlari hosildorligi va ta’mi bilan yurtdoshlarimizga manzur bo‘lmoqda.

–Kartoshka mahsulotlarini xalqimiz “Ikkinchi nonimiz” deyishadi. Unga butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizda ham talab katta, – deydi  agranom Abdunabi Mallayev. –Shu kungacha Gollandiyadan keltirilgan kartoshkaning “Santa”, “Diamond”,”Sandial”,”Alovuddin” kabi navlari xalqimizga manzur bo‘ldi. Bugungi anjumanda ishtirok etib yurtimizga serhosil kartoshka navlari keltirilayotganligidan xabar topdik va bundan xursandmiz.

Tadbirda Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Abdusalim Yusupov so‘zga chiqib, xalqimiz sevib iste’mol qiladigan bu mahsulotning urug‘larini kelajakda O‘zbekistonda yaratish borasida muhim qadamlar tashlanayotganini ta’kidladi.

Tadbirda ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar javob qaytarishdi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    739
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

ЎзЛиДеП Термиз шаҳар кенгаши аппарат раҳбари Ойтуганов Абдуҳамид раҳбари2018-06-27 17:24:25

Мамлакатимизда сифатли озиқ-овкат маҳсулотлари етиштириши биринчи галда бажарилиши керак бўлган асосий тамойиллардан биридир.Юртимизга уруғлик картошкани олиб келиш яхши албатта,уни экспорт қилиш масаласини ҳам кўриб чиқиш мақсадга мувофиқ бўлар эди.


Болтаев Оллаёр ЎзЛиДеП туман Кенгаши депутати2018-06-26 19:40:00

Республикамиз иқлимига мос иссиққа чидамли ва кам сув талаб қиладиган картошка уруғларини юртимизга кириб келиши натижасида биз картошкани импорт қилувчи давлатдан экспорт қилувчи давлатга айланамизга дехкончилигимизнинг янада ривожланишига олиб келади.


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-06-25 20:32:11

Партиямиз ташаббуси билан туман ҳокимлиги ҳамкорлигида ўтказилган бу тадбир мамлакатимиз озиқ-овқат хавфсизлигни таъминлашда қўйилган муҳим қадамлардан биридир.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-06-25 15:55:18

Мамлакатимизда сифатли озиқ-овкат маҳсулотлари етиштириши таъминланади


Джураев Рузимурод Каттақўрғон туман Кенгаши депутати ЎзЛиДеП туман Кенгаши раиси2018-06-25 10:37:48

Картошкачиликка бўлган эътиборнинг самараси бозорларимизда картошка нархлари анча пасайиб қолганидан далолат беради.Мана бу серҳосил навларнинг кириб келиши натижасида биз картошкани импорт қилувчи давлатдан экспорт қилувчи давлатга айланамиз.


А.Тиркашов Олтинсой туман Кенгаши аппара рахбари2018-06-25 10:31:04

Юртимиз иқлимига мос иссиққа чидамли ва кам сув талаб қиладиган картошка уруғларини кириб келиши дехкончилигимизни янада ривожланишига олиб келади


Fikringizni qoldiring

+