O‘zLiDeP sayyor qabulida ishtirok etgan Gulbahor Samatova “Zartepa” MFYga ishga joylashdi

26.06.2018, 10:17

O‘zLiDeP sayyor qabulida ishtirok etgan Gulbahor Samatova “Zartepa” MFYga ishga joylashdi

O‘zLiDeP Angor tuman Kengashi tumandagi “Zartepa” mahallasida sayyor qabul tashkil etdi. Unda hududdagi mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda hudud aholisi nomidan so‘z olgan Eshmuhammad Boboqulov suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berishda uzilishlar ro‘y berayotgani va bundan fuqarolar aziyat chekayotganidan shikoyat qildi. Uning murojaati tumangaz korxonasi vakili atroflicha o‘rganilib, yaqin kunlarda hal etiladigan bo‘ldi.

Shu hududda yashovchi Xayitqul Azimov va Raimqul Isayevlar mahalladan o‘tuvchi asosiy magistral M 39 yo‘lidan o‘tish yo‘lakchalari yo‘qligi hamda avtoshohbekat mavjud emasligi bois aholiga ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirayotganini bayon qilishdi. Ushbu murojaatni Xalq deputatlari Angor tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari M.Yarmatov va X.Allayarovlar o‘z zimmasiga olib, “O‘zavtoyo‘l” DAKga deputatlik so‘rovi yuborish orqali muammoni hal etib berishni ma’lum qildi.

Shuningdek, Gulbahor Samatovaning ish masalasida qilgan murojaati ham shu yerning o‘zida hal etildi.

 –Ko‘p yillardan buyon ishsizman. Ish so‘rab tegishli tashkilotlarga murojaat  qildim, lekin hozirga qadar natijasi sezilmadi, deydi u. – Oxiri  O‘zLiDeP sayyor qabulida ishtirok etib, yana bir karra murojaat qildim. Mutasaddilarga rahmat, ularning tashabbusi bilan “Zartepa” mahalla fuqarolar yig‘iniga ishga joylashdim.

Sayyor qabulda bildirilgan boshqa murojaatlar ham deputatlar nazoratiga olinib, yechimi  bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Erkin ABDULLAYEV,

         O‘zLiDeP Angor tuman

Kengashi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1202
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-06-26 18:27:28

Ташкил этилаётган сайёр қабуллар мана шу каби ижобий натижаларни таъминлаши лозим


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-06-26 17:06:19

ойларда ўтказилаётган сайёр қабуллар натижасижа фуқороларнинг муаммаларига ижобий ечим топилмоқда. Бу эса ўз навбатида аҳолининг депутатларга ва партиямизга бўлган ишончини янада ортишига сабаб бўлмоқда. Ҳурматли депутатларимизга халқни хизматида куч ва қувват тилайман.


Матлуба Жўраева Сурхондарё вилояти Аёллар қаноти бўлим мудири2018-06-26 16:59:32

Сайёр қабуллар натижасида кўплаб амалий ишлар олиб борилмоқда. Депутатларимиз сайёр қабуллар натижасида сайловчиларини ўйлантириб келаётган муаммоларини ижобий хал этишмоқдалар.


Навоий вилояти Ч.Раджабов2018-06-26 16:32:24

Сайёр қабуллардан кўзланган мақсадларга эришилганидан халқнинг қувончи чексиз,


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-06-26 14:31:41

Жойларда шу каби сайёр қабуллар ташкил этиб ва кўпроқ ижобий натижаларга эришишимиз лозим.


Гулмира Амирова СТМ2018-06-26 11:26:34

Жойлардан сайланган депутатларимиз фаол бўлса худудларда ижтимоий-иқтисодий муаммолар тез хал этилади.


O`zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири Зебинисо Сапарова Давлат қизи2018-06-26 10:30:14

Сайёр қабул натижаси сабаб, аҳолининг муаммолари ижобий натижа бераётгани бу алббата қувонарли хол.


Fikringizni qoldiring

+