Tomorqa bitmas tuganmas xazinadir

27.09.2017, 18:32

Tomorqa bitmas tuganmas xazinadir

Maqsud Jo‘rayevni g‘uzorliklar ilg‘or fermer, O`zLiDeP G‘uzor  tuman Kengashining faol a’zosi sifatida hurmat qiladi. U yetakchilik qilayotgan “Po‘latov  Asliddin” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi qoshidagi BPT faollari “O`zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etishmoqda.  Ular ko‘magida yigirmaga yaqin xonadonda kuzgi sabzavot ekishda amaliy yordam berildi.

– Xo‘jaligimizda o‘ttizdan ortiq turdagi mevali va manzarali daraxt  ko‘chatlari yetishtiramiz, – deydi BPT yetakchisi Maqsud Jo‘rayev. – Yapon sakurasi va banan kabi daraxt ko‘chatlarimiz ham bor. Loyiha doirasida xonadonlarga ko‘chatlar ham ulashayapmiz. Lalmikor maydonlarda dub, tut va  qayrag‘och kabi suvsizlikka chidamli ekinlar ekishni targ‘ib qilayapmiz. Shu bilan birga xonadonlarda issiqxonalar tashkil etish, parrandachilik, mevachilik, uzumchilikni rivojlantirish borasida amaliy yordam berayapmiz.

– Tumanimizda  60 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti bor, – deydi partiya G‘uzor tuman Kengashi BPTlar bilan ishlash bo‘yicha bosh konsultanti Lolaxon  Ibragimova. – Hozirga qadar 100dan ortiq xonadonlarga kirib, ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, odamlarning turmush tarzi, bandlik masalalarini o‘rgandik. Eskibog‘ qishlog‘idagi Tursunoy Karimova va O‘rol Hakimovlar xonadoniga kirsangiz,  ko‘zingiz yashnaydi. Tomorqada bir qarich ham bo‘sh joy yo‘q. Mevali va manzarali daraxtlar, turli xil sabzavot ekinlarini ekib qo‘yilgani guvohi bo‘lasiz. Mehnatsevar oila sohiblarining tajribasini viloyat bo‘ylab keng targ‘ib qilsak, arziydi. Ammo ular tomorqalarini sug‘orishga suv yo‘qligini aytishdi. Hovuz qurib, sotib olingan suv evaziga daraxt va ekinlarni sug‘orishayotgan ekan. Mazkur muammo yuzasidan tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi bilan murojaat etdik. Yaqin orada eskibog‘liklarning ko‘p yillik orzusi ushalsa, ajab emas.

Ta’kidlash kerak, partiya tuman Kengashi tashabbusi bilan tadbirkor va fermerlar tomonidan kam ta’minlangan oilalarga issiqxona qurish, ko‘chat va urug‘lar xarid qilishga ko‘mak berilayapti. Yoshlik mahallasida yashovchi Jamol Farmonov va keroyitlik Shaydo Jabborovaga limon ko‘chatlari va issiqxona uchun qurilish materiallari olib berildi. Keroyit qishlog‘ida yashovchi Gulshana Abdunazarovaning tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha tajribasi  tuman xotin-qizlari va uyushmagan yosh qizlar bilan bo‘ladigan muloqotlarda keng targ‘ib qilinayapti. Yil davomida xonadonida ko‘katlar yetishtirib, bozorga chiqarayotgan Gulshananing yillik daromadi yigirma million so‘mdan kam emas.

Muloqotlar davomida partiyamiz tomonidan  o‘tkazilayotgan loyihaning mazmuni va maqsadi, tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish oilalar ma’murligini oshirishda yaqindan yordam berishi, yerdan unumli foydalanish oila iqtisodini yuksaltirishda yaqindan yordam berishi tushuntirilayapti.

         O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1959
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Алимов У́ткир2019-03-01 10:55:03

Партиянгиз депутати Тажибаев Абдусамат мени тадбиркорлик фолчтимга ёрдам бериш у́рнига тиммай йозувчилик килмокда нег депутатман деб менга тазик утказмокда мен сизларга шу учун овоз берганмами.


Fikringizni qoldiring

+