Prezident qarori soliq idorasini tadbirkorning biznes hamkoriga aylantiradi

28.06.2018, 17:46

Prezident qarori soliq idorasini tadbirkorning biznes hamkoriga aylantiradi

Joriy yilning 26 iyun davlatimiz rahbarining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Soliq nazoratining eskirgan uslub va prinsiplariga asoslangan davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etish mazkur organlar oldiga qo‘yilgan yangi vazifalarni hal qilish, jumladan, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq yig‘iluvchanligining oshirilishini ta’minlash imkonini bermayotganligi, inobatga olinib, ushbu tizimni rivojlantirishga qaratilgan ushbu qaror sohaning barcha tuzilmalarini isloh etishga xizmat qiladi.

Qarorda mamlakatimiz soliq ma’murchiligi tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishi sifatida – soliq to‘lovchining manfaatlari hisobga olingan. Ayniqsa, soliq to‘lovlarning o‘z vaqtida va bir xildagi tushumini ta’minlash, ma’muriy tartib-taomillarni maksimal darajada kamaytirish va soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanmalarni qisqartirish hisobiga budjetlarning daromad qismini barqaror shakllantirish masalariga alohida urg‘u berilgan. Budjet tashkilotlarida xizmat qilayotgan xodimlar ish xaqi ushlamalariga oydinlik kiritadi va shafoflikni  ta’minlaydi.

Shuningdek, qarorda davlat soliq xizmati organlarini soliq to‘lovchilarning biznes hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan  “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” degan maqsadli vazifani so‘zsiz bajarish lozimligi belgilab  qo‘yilgan. Bu esa soliq to‘lovchi, ayniqsa, tadbirkorlarga keng imkoniyat yaratadi.

Gulmira AMIROVA,

O`zLiDeP Surxonadryo viloyat

 Kengashi xuzuridagi

 siyosiy ta’lim markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    1388
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдусаматов Тахир2018-06-29 06:03:43

Жуда зур Карор! Бу тугри Карор келажакда Юртимиздаги Тадбиркорларни ва инвесторларни Далатга яъни Солик тизимига ишончини ортирибгина колмай, балки Ватанпарварлик шукухини уйготади. Бу Билан Коррупцияни енгиб давлатимизга Оллох чексиз баркотлар юбориши шубхасиз. Зеро халоллик барака демакдур


O`zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири Зебинисо Сапарова Давлат қизи2018-06-28 18:04:20

Ушбу қарорда солиқ тизимини тудан ислоҳ қилиш борасида кўплаб вазифалар белгиланган. Айниқса, тадбиркорларимизнинг иш фаолиятлари ривожида ушбу қарорнинг аҳимияти жуда муҳим ва эндиликда солиқларнинг тартибга солинган шакли фаолият кўрсатиши аниқ.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-06-28 17:50:46

Қарорда мамлакатимиз солиқ маъмурчилиги тизимини такомиллаштиришнинг энг муҳим йўналиши сифатида – солиқ тўловчининг манфаатлари ҳисобга олинганлиги кўришимиз мумкин


Fikringizni qoldiring

+