O‘zLiDeP moliya-bank sohasi mutaxassislarining investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarini tingladi

28.06.2018, 18:27

O‘zLiDeP moliya-bank sohasi mutaxassislarining investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarini tingladi

2018 yilning 28 iyun kuni Bank-moliya akademiyasi, O‘zLiDeP hamda Yaponiya moliya vazirligi siyosiy tadqiqot institutining eksportlari ishtirokida “O‘zbekiston iqtisodiyotining investitsion salohiyati: mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash natijalari va yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqdi. O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning Harakatlar strategiyasiga  muvofiq, respublika bank-moliya tizimidagi olib borilayotgan jadal islohotlar AQSh, Yevropa mamlakatlari, Rossiya, Xitoy, Yaponiya va Koreya Respublikasi kabi yetakchi davlatlar hamda xalqaro moliya institutlari rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xususan, dunyoning yetakchi OAV, jumladan, Wall Street Journal (Vol Strit journal), Financial Times (Faynanshial Tayms), Washington Post (Voshington Post), Herald Tribune (Xerald Tribun), National Interest (Nashnl Interest), Nezavisimaya Gazeta, Vedomosti va boshqa nufuzli jurnallar tomonidan mamlakatimizdagi tub o‘zgarishlar, xususan, investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridagi yangiliklar alohida e’tirof etilmoqda.

Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o‘sish sur’atlari investitsiya muhitiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga keng jalb etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qaysi mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjud bo‘lsagina, o‘sha davlat iqtisodiyotiga investitsiyalar oqimi kuchayishi ta’kidlab o‘tildi.

Xususan, bizning yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, iqtisodiy siyosatning adolatlilik prinsipi asosida olib borilayotgani, shuningdek, hududiy investitsion dasturlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri va tezkorlik bilan tatbiq etilishi iqtisodiyotda yangi ish o‘rinlarining ko‘payishiga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ta’minlanishiga xizmat qilishi aytib o‘tildi.

 Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, loyiha boshqaruvining yagona axborot tizimini yaratish orqali davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi va moliyaviy mablag‘lar sarflanishini boshqarish mexanizmlarining samaradorligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida: Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Bugungi kun talablariga javob bermaydigan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, mamlakatimizda tarmoq va hududiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizimni yo‘lga qo‘ymoqda.

Jumladan, 2017 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 60,7 trln. so‘mni, xorijiy investitsiyalar esa 16,3 trln. so‘mni tashkil etgan. Xorijiy investitsiyalarning tarkibida 76 foizini, ya’ni 12,386 trln. so‘mi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etgani mamlakatimizda investitsiyalarga yangicha qarash, ushbu sohaga innovatsion yondashuv, innovatsion dastaklardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va innovatsion rivojlantirishni yanada faollashtirish maqsadida xalqaro va mintaqaviy moliya institutlaridan mamlakatimizda ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal etish uchun xalqaro kreditlar, texnik yordamlar va grantlar faol jalb etilmoqda.

Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, 2018 yilning besh oyida 776 ta yangi qo‘shma va xorijiy korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 496 taga ko‘pdir. Shuningdek, joriy yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 377 ta hududiy va 148 ta tarmoq loyihalari bajarilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 iyun kuni qabul qilingan «Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini yengillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qarorga ko‘ra, bundan buyon Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ekspertiza qilishda to‘lov olinmaydi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-muloxazalar, tavsiyalar asosida aniq takliflar ishlab chiqilib, O‘zLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va moliya-bank sohasi mutassadi tashkilotlariga taqdim etildi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1331
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Мухримов А А 2018-06-29 10:22:26

Мухримов Чилонзор тумани Билдирилган фикр мулохазалар тавсиялар асосида ишлаб чикилган таклифлар курсатилса берилаетган малумотга кизикиш ошади


Fikringizni qoldiring

+