O‘zLiDeP nomzodi Jahongir Artiqxodjayevning saylovoldi dasturida poytaxtliklar turmush farovonligini yanada yuksaltirish belgilangan

28.06.2018, 18:54

O‘zLiDeP nomzodi  Jahongir Artiqxodjayevning saylovoldi dasturida poytaxtliklar turmush farovonligini yanada yuksaltirish belgilangan

Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatligiga bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun 1 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan saylov uchun okruglarda saylovoldi uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha Olmazor tumani “23-Moyqo‘rg‘on” okrugida joylashgan 106 maktabda mahalla ahli bilan nomzodlarning saylovoldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zLiDePdan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzod Jahongir Artiqxodjayev Abidovichning ishonchli vakili O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi To‘rabek Nazarov ishtirok etib, yig‘ilish qatnashchilarini saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

– Davlat hokimiyati xalq manfaatlariga xizmat qilishi, uning siyosiy irodasini ifoda etishi, “Xalq davlat idorolariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilni qaror toptirishi kerak, – deydi nomzodning ishonchli vakili T.Nazarov. – Poytaxt ahli turmush farovonligini yanada yuksaltirish, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni chuqur o‘rganish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bandligini ta’minlash kabi masalalar nomzodimiz saylovoldi dasturining asosini tashkil etadi.  

Targ‘ibot uchrashuvida qatnashgan saylovchilar barcha nomzodlar dasturi bilan tanishib, nomzod va ularning ishonchli vakillari bilan ochiq muloqotda bo‘ldi. Ularga o‘zlarining fikrlari va o‘z yechimini kutayotgan muammolar to‘g‘risida aytib o‘tishdi.

Murodjon O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1153
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Учқудуқ туман аппарат раҳбари Н.Рузиева2018-06-29 10:00:41

O‘zLiDeP доимо ғолиб бўлишга интилган. Жаҳонгир Артиқходжаев Абидовичга омад доим ёр бўлишини тилаймиз


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-06-29 09:43:26

O‘zLiDePдан Халқ депутатлари Тошкент шаҳар Кенгаши депутатлигига кўрсатилган номзод Жаҳонгир Артиқходжаев Абидовичга сайловда ғолиб бўлишига омад тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+