O‘zLiDeP tashabbusi bilan jazodan ozod etilgan 31 xorazmlik fuqaroga imtiyozli kredit olish bo‘yicha tavsiyalar berildi

28.06.2018, 19:01

O‘zLiDeP tashabbusi bilan jazodan ozod etilgan 31 xorazmlik fuqaroga  imtiyozli kredit olish bo‘yicha tavsiyalar berildi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbir Prezidentimizning “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

Unda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida yurgan aholi bilan birga, ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan fuqarolar ham taklif etildi.

– Extiyotsizlik natijasida sodir etgan jinoyatim uchun ozodlikdan mahrum qilingan edim. Prezidentimiz tashabbusi bilan Ramazon Hayiti arafasida muddatdan avval jazodan ozod etildim, – deydi Xazorasp tumani Pitnak shahri, “Sharlauq” mahallasida yashovchi M.Ashirova. – Partiya viloyat Kengashi faollari va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tashkil etilgan tadbirda men va men kabi jazodan ozod etilgan fuqarolarning hayotda o‘z o‘rnini topib, nafaqat o‘zlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etishlari, balki tadbirkorlik bilan shug‘ullanib jamiyatga naf keltirishlari uchun ham qulaylik tug‘dirmoqda.

Tadbirda shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan fuqarolarga,  kredit ajratish tartib-taomillari, imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

–Mazkur qaror partiyamiz dasturiy maqsad va vazifalariga hamohang ishlab chiqilgani bois, belgilangan har bir vazifa partiyamiz xodimlari va deputatlarimiz zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi, – deydi O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi Shavkat Safarbayev. – Shu bois, muloqot davomida ishtirokchilarga mazkur qarordan kelib chiqqan holda, “O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasini yanada takomillashtirish, loyiha doirasida tadbirkor oilalar safini yanada kengaytirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar, tavsiyalar berildi.  

Ta’kidlash kerak, ayrim turdagi jinoyatlarning kelib chiqish sababi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan bog‘liqligini inobatga oladigan bo‘lsak, aholi bandligini ta’minlash, ularning turmush tarzini yuksaltirishga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar hududda jinoyatlar sonini kamayishi va tadbirkorlar safini kengayishiga xizmat qiladi.

                                                                                     Azizbek MATNAZAROV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1178
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

ЎзЛиДеП Термиз шаҳар кенгаши аппарат раҳбари Ойтуганов Абдуҳамид раҳбари2018-06-29 16:26:21

Бизнинг партиямизнинг асосий мақсадларидан бири ҳам шу. Ҳар бир инсон қўлидан келганча халқимизнинг фаровон ҳаёт кечириши учун,ҳур Ўзбекистонимизнинг гуллаб-яшнаши учун хизмат қилмоғи даркор. Бу каби тадбир ва давра суҳбатларини кўпроқ ўтказиш мақсадга мувофиқ бўлар эди.


ЎзЛиДеП Термиз шаҳар кенгаши аппарат раҳбари Ойтуганов Абдуҳамид раҳбари2018-06-29 16:26:21

Бизнинг партиямизнинг асосий мақсадларидан бири ҳам шу. Ҳар бир инсон қўлидан келганча халқимизнинг фаровон ҳаёт кечириши учун,ҳур Ўзбекистонимизнинг гуллаб-яшнаши учун хизмат қилмоғи даркор. Бу каби тадбир ва давра суҳбатларини кўпроқ ўтказиш мақсадга мувофиқ бўлар эди.


М.Хайитбоев. Шовот туман Кенгаши раисининг Ёшлар масалалари бўйича ўринбосари.2018-06-29 16:11:21

Президентимизнинг “Ҳар бир оила – тадбиркор” дастурини амалга ошириш тўғрисида”ги Қарорининг мазмун-моҳиятига бағишланган ушбу тадбирда Тадбиркорликни бошлаш истагида юрган фуқароларга керакли маслахатлар берилди.


Дастонбек Қурбанбаев "Ёш либераллар" клуби аъзоси2018-06-29 14:58:35

ушбу тадбир ёшларни тадбиркорликга ёналтириш учун катта имкониятлар яратди тадбиркорлик бўлимига катта рахмат


Н.Рузиева Учқудуқ туман аппарат раҳбари2018-06-29 09:54:08

Бизнинг партиямизнинг асосий мақсадларидан бири ҳам шу. Ҳар бир инсон қўлидан келганча халқимизнинг фаровон ҳаёт кечириши учун,ҳур Ўзбекистонимизнинг гуллаб-яшнаши учун хизмат қилмоғи даркор.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-06-29 09:25:33

Бу каби тадбирлар жойларда жиноятлар сонини камайиши ва тадбиркорлар сафини кенгайишига хизмат қилишига биз ишонамиз.


Fikringizni qoldiring

+