“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturida yoshlarga imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish rejalashtirilgan

28.06.2018, 19:09

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturida yoshlarga imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish rejalashtirilgan

Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni esa bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan eng muhim hujjat bo‘ldi.

Chunonchi, Farmonda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining tashkil etilishi va ushbu jamg‘arma yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berishi alohida belgilab qo‘yilgan.

Farmonda ko‘rsatilishicha,  tegishli ko‘nikmalarga ega band bo‘lmagan yoshlar yashaydigan uy xo‘jaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda ko‘maklashiladi. Bu esa, yoshlarni ish ta’minlash bilan bir qatorda, ularni tadbirkorlik borasidagi ko‘nikmalarini shakillantirishga xizmat qiladi.

Yoshlar orasida uchraydigan ko‘pgina muammolar, huquqbuzarliklar ularning bo‘sh vaqtlari ko‘pligi bois kelib chiqmoqda. Shu o‘rinda “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarining tashkil etilishi ularning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanib, kasbga yo‘naltirilish bilan bir qatorda oila budjetiga foyda keltirishini  ta’minlaydi.

Ushbu Farmon bilan tanishganimdayoq, unda belgilangan vazifalar O‘zLiDeP  partiyasining maqsadlari bilan hamohangligini tushunib yetdim. Partiyamizning maqsad va  vazifalari ham halqimizni tadbirkorlikka o‘rgatish, yo‘naltirish va shu orqali ular bandligini ta’minlashdan iboratdir. Fikrimcha, yoshlarni hozirdanoq, tadbirkorlikka yo‘naltirsak, ularni bu boradagi ko‘nikmalarini shakllantirib borsak, kelajakda yurtimiz iqtisodiyoti rivoji uchun xizmat qiladigan kadrlar bo‘lib yetishishi shubhasiz. Zero, hujjatda yoshlar tadbirkorligini kompleks rivojlantirish va ularni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish bo‘yicha o‘ta muhim vazifalar belgilab qo‘yilgan. 

 Bir so‘z bilan aytganda, ushbu Farmon yoshlarimizni hayotga tayyorlashda, ularni o‘z yo‘llarini topishida muhim me’yoriy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.

Farid HASANOV,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

yoshlar bilan ishlab bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2098
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Сагындык2020-08-08 22:25:36

хечканака фойдаси йук нарса бу...


Жўрақулова Зарнигор2019-02-09 12:05:04

Мен тикувчилик цехи очмоқчиман илтимос имтиёзли кредит олишда амалий ёрдам беринг


Sherzod2018-09-27 13:32:04

Salom aleykum! "Yoshlar kelajagimiz" dasturi asosida imtiyozli kreditlar olishimiz uchun qanaqadir "shartnoma"larsiz, o'z hisob raqamimiz yoki shahsiy plastik kartochkalarimizga olishning iloji yoqmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!


Munisa2018-08-25 18:03:31

Men tibbiyot kollejini 2016 yil tugatganman 2 yildan biyon ishsizman.Tikuvchilik bilan bir yildan buyon qiziqaman o'rfanib kelmoqdaman.Kichkina sex ochib ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqchiman menga kridit beriladi.qayirga murojat qilsam bo'ladi.


Munisa2018-08-25 18:03:28

Men tibbiyot kollejini 2016 yil tugatganman 2 yildan biyon ishsizman.Tikuvchilik bilan bir yildan buyon qiziqaman o'rfanib kelmoqdaman.Kichkina sex ochib ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqchiman menga kridit beriladi.qayirga murojat qilsam bo'ladi.


Р.Багдасарова- Когон т. ЎзЛиДеП “Келажак депутатлари” гуруҳ раҳбари2018-07-02 12:25:34

Ташаббускор ёшларимиз сафини кенгайтириш, уларни ягона мақсад атрофида бирлаштириш, партиямиз сафларида ўрнини мустаҳкамлаш мақсадида ташкил этилган “Ёш либераллар” клуби фаолиятини ҳозиргиданда кучайтирамиз. Таъкидлаш жоиз, клуб қошида “Ёш тадбиркорлар муаммоларини ўрганиш”, “Келажак депутатлари” гуруҳлари ҳам иш олиб бормоқда. Айни пайтда мазкур гуруҳлар орқали фаол ва уюшмаган ёшларга яқиндан кўмак берилмоқда. Президентимиз фармони билан тасдиқланган дастурда бу борада олдимизга янги-янги вазифалар қўйилди. Уларни амалга ошириш фаолиятимиз дастуриламалига айланмоғи лозим.


А.Асадов- ёш-тадбиркор,партия фаоли2018-07-02 12:23:48

O‘zLiDeP “Ёшлар қаноти” Юртбошимиз фармони билан тасдиқланган “Yoshlar – kelajagimiz” Давлат дастурида ёш тадбиркорларга имтиёзли шартларда бинолар, офис техникаси ва сарфлаш материалларини ижарага бериш, уларни интернет билан таъминлаш, шунингдек, ёшларнинг бизнес ташаббуслари, стартаплари, ғоялари ва лойиҳаларини амалга оширишга бошқача кўмак бериш, жумладан, бизнес режалар ишлаб чиқиш, маслаҳат, юридик, бухгалтерия ва бошқа хизмат турларини кўрсатиш, форумлар, мастер-класслар ва семинарлар ташкил этиш учун “Yosh tadbirkorlar” коворкинг-марказларини ҳамда савдо-маиший ва кичик ишлаб чиқариш майдонларини ташкил этиш учун меҳнат кучи ҳаддан зиёд бўлган туманларда “Yoshlar mehnat guzari” комплексларини қуриш ташаббусини куллаб-кувватлаймиз. ва “Сен ҳам фаол ёшлар сафидасан!” лойиҳамизни дастурдан келиб чиқиб амалий ишлар билан унга қўшимча куч бағишлашга интиламиз.


М.Ашурова-талаба ЎзЛиДеП фаоли2018-07-02 12:17:17

~Ёшлар келажагимиз дастурида мухтаррам юртбошимиз Ш.Мирзиёев келажагимиз ворисларига яна бир бор ишонч билдирилганлиги уларни хаётга мустакил фикрлаб жамиятимиз хаётига беэътибор бўлмаслик,ҳаётда ўз йўллини топиши ва тадбиркорликни бошлашда Давлат -кафолот эканлиги барчани қувонтиради.


Тошкент шаҳар Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими ходими Таджиева Дилноза2018-06-29 12:31:01

Албатта, Президентимиз томонидан имзоланган “Yoshlar – kelajagimiz” Давлат дастури тўғрисида”ги фармон ёшлар учун жуда катта имкониятга йўл очиб берди. Хозирги кунда ёшларимизга яратиб берилаётган бундай имкониятлардан оқилона фойдаланиб, ватанимиз равнақи учун ўз ҳиссаларини қўшишларини тилаб қоламиз.


Анварбек Холметов2018-06-29 10:32:00

Жуда қувонарли янгилик. Ёшлар келажаги учун мустаҳкам пойдевор бўла оладиган мазкур Президент Фармони мамлакатимиз тараққиётига хизмат қилиши шубҳасиздир.


Fikringizni qoldiring

+