Mustaqillik – erkin va baxtli yashash demakdir!

29.06.2018, 16:56

Mustaqillik – erkin va baxtli yashash demakdir!

Bugun mamlakatimiz milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Ayni paytda barcha soha va tarmoqlarda demokratik yangilanish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi, bebaho ne’mat bo‘lgan mustaqillik sharofatidandir.

Haqiqatan ham mamlakatimiz hayotining biror-bir jabhasi yo‘qki, unda mustaqillik shukuhi sezilmasa, jamiyatimizning biror-bir a’zosi yo‘qki, uning hayoti, orzu-umidlarida mustaqillik aks etmagan bo‘lsa. Mus­taqillik bugungi tinch, osuda hayotimiz, xalqaro maydondagi nufuz va e’tiborimizning bosh mezoniga aylandi. Bu bizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Tobora yaqinlashib kelayotgan bu yilgi bayramni davlatimiz rahbarining qaroriga ko‘ra “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan g‘oya ostida nishonlash belgilandi.

Ushbu g‘oya asosida ishlab chiqiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi bilan uyg‘un holda tayyorlanishi qayd etildi. 

Bu bejiz emas albatta. Zero, istiqbolimizni belgilab bergan mazkur Qomusiy hujjatda jamiyatimizning barcha jabhalarida islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan ulug‘ maqsadlar ilgari surilgan va biz ushbu maqsadni amalga oshirish yo‘lidan sobitqadamlik bilan odimlamoqdamiz.

Ayniqsa, ushbu Strategiyadan kelib chiqib boshlangan amaliy harakatlarni bugun eng chekka qishloq aholisi ham sezmoqda, o‘z hayotidagi o‘zgarishlarda his qilmoqda.

Umuman olganda, mustaqillik bizga bugungidek erkin va baxtli yashash imkonini tuhfa etdi. Ana shunday bir sharoitda Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga, yurtimizning yanada taraqqiy etishi hamda xalqimizning bundanda farovon hayot kechirishi yo‘lida bor kuchimiz hamda salohiyatimizni safarbar etishimiz chin insoniylik burchimizdir.

Tohirjon Tolipov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi raisi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    1460
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Чулиева Мархабо. Самарқанд вилоят Кенгаши2018-07-02 13:41:48

Бу йилги байрамни давлатимиз раҳбарининг қарорига кўра “Азиз ва ягонамсан, жонажон Ўзбекистоним!” деган ғоя остида нишонлаш белгиланганлиги биз OzLiDeP фаоллари, барча хотин-қизларни янада руҳлантириб шу юрт учун, шу эл учун янада ёниб яшашга ундайди.Мустақиллигимизга, тинч ва осуда ҳаётимизга кўз тегмасин.


Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-06-30 13:03:28

Мустақиллигимизга, тинч ва осуда ҳаётимизга, фарзандларимизни эртанги орзу умидлари сари эришишларига, юртимизни кундан кунга равнақ топиб бораётганлигига, муҳтарам Президентимизнинг юрт келажиги олдидаги буюк мақсадларни амалга оширишдаги фаолиятига ҳеч қачон кўз тегмасин.


Раҳмонқулов Шарифбой Амирович, O'zLiDeP Миришкор туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари, аппарат раҳбари.2018-06-30 07:32:34

Бу йилги Мустақиллик байрами Давлатимиз раҳбарининг қарорига кўра "Азиз ва ягонамсан, жонажон Ўзбекистоним" шиори остида нишонлар эканмиз, биз OzLiDeP фаоллари ушбу ғояни теран ҳис этиб Мустақил Ватанимизнинг тараққиётига муносиб ҳиссамизни қўшиб меҳнат қиламиз.


КНосирова Шоира Кармана туман Кенгаши депутати2018-06-30 06:36:39

Мус­тақиллик бугунги тинч, осуда ҳаётимиз, халқаро майдондаги нуфуз ва эътиборимизнинг бош мезонига айланди. Бу бизга чексиз ғурур ва ифтихор бағишлайди ва биздаги инновацион гояларни ривожланишига асос булади.


Шоира Хасанова Жиззах вилояти Аёллар қаноти2018-06-29 18:50:51

Мустақиллик-улуғ неъмат.Шундай экан, шу юртнинг фарзандиман деган инсон ўз мехнати, ташаббускорлиги билан мана шундай қутлуғ айёмга ўз хиссасини қўшиши шарт


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-06-29 17:52:39

Ватанимиз мустақиллигини мустаҳкамлашга бор куч ва ғайратимизни ишга соламиз, Мустақиллигимиз абадий бўлсин!


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-06-29 17:50:39

“АЗИЗ ВА ЯГОНАМСАН, ЖОНАЖОН ЎЗБЕКИСТОНИМ!”


Fikringizni qoldiring

+