O‘zLiDeP deputatlari Toshkent viloyat moliya va soliq boshqarma boshliqlari hisobotidan qoniqdi

30.06.2018, 16:27

O‘zLiDeP deputatlari Toshkent  viloyat  moliya  va  soliq  boshqarma boshliqlari hisobotidan qoniqdi

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda deputatlar Toshkent viloyat moliya boshqarma boshlig‘i F.Hudayberdiyevning hisobotini eshitdi.

–Viloyat bo‘yicha budjet daromadlariga (kontingent) joriy yilning 1-choragi uchun belgilangan 920,5 mlrd. so‘m prognoz ko‘rsatkichi amalda 1076,2 mlrd. so‘m yoki (117%)ga bajarildi, – deydi F.Hudayberdiyev. –Mahalliy budjet daromadlari bo‘yicha tasdiqlangan rejaga muvofiq esa  shu   yilning 1-choragida 370,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan holda haqiqiy tushum 407,2 mlrd.so‘m miqdorida bajarildi.

Yig‘ilishda shuningdek, kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan viloyat davlat soliq boshqarma boshlig‘i D.Yunusdjanovning hisoboti tinglandi.

– Budjet daromadlariga 2018 yil 1- choragi uchun belgilangan 918,6 mlrd. so‘m prognoz ko‘rsatkichi 1 trln. 74 mlrd. so‘mga bajarildi, – deydi D.Yunusdjanov. – 2018 yilning yanvar-may oylariga belgilangan 1 trln. 686 mlrd. so‘m prognoz ko‘rsatkichi 2 trln. 92 mlrd. so‘mga (124,1%) bajarildi.

Yig‘ilishda hisobotlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

Yusufxo‘ja XO‘JAMOV,

Xalq deputatlari

Toshkent viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik

guruhi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1258
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Yusupjonov Musoxon Namangan viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo`limi mudiri2018-07-31 18:02:24

Mansabdor shaxslarni xisobotini deputatlik guruhi tomonidan eshitilayotgani ijobiy samara va natija ko`rsatmoqda, Buni natijasida mutasaddi tashkilot raxbarlari o`z ustida ishlab, masuliyatlari ortmoqda.


Yusupjonov Musoxon Namangan viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo`limi mudiri2018-07-31 18:02:24

Mansabdor shaxslarni xisobotini deputatlik guruhi tomonidan eshitilayotgani ijobiy samara va natija ko`rsatmoqda, Buni natijasida mutasaddi tashkilot raxbarlari o`z ustida ishlab, masuliyatlari ortmoqda.


Даврон Темиров O‘zLiDeP Бўка туман Кенгашидепутатлик гуруҳи ижрочи котиби2018-07-02 16:10:41

Кимнингдир олдида ҳисобдор бўлиш бу жуда оғир вазифа. Айниқса халқ вакиллари олдида ҳисобот бериш ташкилот рахбарлардан катта маъсулият талаб этади.Улар шундай маъсулиятни ҳис қилиб, халқимиз учун қилган ишларини кўрсата олишган экан бу жуда яхши . Бундан кейин ҳам масулиятни чуқур хис қилган холатда хисоботларни етказишса халқимизни рози қилган ҳолда яхши самарадорликка эришаверамиз.


Шовот туман Кенгаши 2018-07-02 14:29:38

Муҳими самарадорликка эришишдир. Хар бир мутасадди ташкилот рахбарлари ўз устида изланиб, Масулиятни чуқур хис қилган холатда хисоботларни етказиши мақсадга мувофиқ иш.


N.Ruziyeva Navoiy viloyati Uchquduq tumani2018-07-01 22:27:08

Deputatlik guruhlari oldida mutasaddilarning hisobot berishi ularning yanada o'z faoliyatiga ma'suliyat bilan yondoshishiga sabab bo'ladi deb o'ylayman.


Fikringizni qoldiring

+