Pangatdagi sayyor qabuldan so‘ng suyultirilgan gaz muammosi hal etiladigan bo‘ldi

30.06.2018, 16:35

Pangatdagi sayyor qabuldan so‘ng suyultirilgan gaz muammosi hal etiladigan bo‘ldi

O‘zLiDeP Qo‘shrabot tuman kengashi tomonidan “Pangat” MFYdagi “Shoxol” qishlog‘ida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda aholi nomidan so‘z olgan Ahmad bobo Ochilov hududda mobil aloqalari yaxshi ishlamasligi sababli aholining uzoqdagi yaqinlari bilan suhbatlashishda qiyinchiliklar to‘g‘dirayotganini aytdi. Shuningdek, otaxon pangatliklar qiynab kelayotgan boshqa muammolar haqida ham to‘xtaldi.

–  Bizning qishlog‘imizga 3 oydan bo‘yon suyultirilgan gaz ballonlari keltirilgani yo‘q. Aholi choy, issiq ovqatini o‘tinga pishiryapti, yaxshiyam hozir yoz fasli, – dedi otaxon kuyunib.

Otaxonning bu murojaatini tuman gaz idorasi rahbari o‘z zimmasiga olib, ertasi kuniyoq “Pangat”ga suyultirilgan gaz balonlari keltirilishini ma’lum qildi. 

Shu hududda yashovchi Nilufar Po‘latova ikki nogiron farzandini ta’lim olishi uchun bolalar internatiga joylashtirishda ko‘mak so‘radi. Bu muammo yuzasidan tuman rahbariyati tomonidan mutasaddi tashkilot rahbariga topshiriqlar berildi.

Sayyor qabulda shuningdek, ichimlik suvi, yo‘l muammosi, mobil aloqasidagi kamchiliklar, futbol stadioni qurish hamda hududga tez yordam mashinasi ajratish borasidagi takliflar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari tayyorlanishiga kelishib olindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    1199
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Асилабону Султонова O‘zLiDeP Қашқадарё вилоят Кенгаши Мафкуравий тарғибот-ташвиқот ишлари бўлими мудири2018-07-02 15:26:11

Бу каби сайёр қабулларнинг тез-тез ўтказиб турилиши натижасида халқимизнинг қанчадан-қанча муаммолари ўзининг самарали ечимини топаяпти. Сайёр қабулларнинг ўтказилиши, депутатларимизнинг хам фаоллигини оширмоқда.


Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-07-02 14:20:51

Партиямиз томонидан ўтказилаётган сайёр қабулларда кўпгина халқимизни қийнаб келаётган муаммолар ҳам ўз ечимини топмоқда.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-02 11:13:59

Сайёр қабуллар ўзининг ижобий натижаларини бермоқда


N.Ruziyeva Navoiy viloyati Uchquduq tumani2018-07-02 09:41:07

O'tkazilayotgan sayyor qabullar natijasida aholining muammolari ijoboy yechim tipmoqda.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-07-01 22:03:02

O'tkazilayotgan sayyor qabullardan ko'rinib turiptiki deputatlar faoliyatida ancha jonlanish sezilmoqda. Bu o'z navbatida shuni anglatadiki hurmatli Prezidentimiz tanqidlaridan so'ng deputatlar va partiya xodimlari o'zlariga kerakli bo'lgan xulosani chiqarishdi.


Сергели туман Кенгаши Поёнов Исомиддин2018-07-01 10:36:29

O‘zLiDeP ташаббуси билан кўп инсонлар муоммаси ечим топмоқда.


Fikringizni qoldiring

+