O‘zLiDeP faoli Farxod Abdumannopovga “Spark” avtomashinasi topshirildi

03.07.2018, 15:59

O‘zLiDeP faoli Farxod Abdumannopovga  “Spark” avtomashinasi topshirildi

Zafarobod tumanida donni nest-nobud qilmay yig‘ishtirib olib g‘alla rejasini ortig‘i bilan bajargan fermerlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimiz iqtisodiyotini  yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining turmush farovonligini oshirish va bozorlarimiz to‘kinligini ta’minlashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan mirishkorlarga minnatdorchilik bildirdilar.

Shundan so‘ng, tumandagi “Yo‘ldosh Oxunboboyev”, “Sobir Rahimov”, “Tinchlik”  va “Koja Ahmet” suv iste’molchilar uyushmalarining bir guruh  fermerlariga “Spark” avtomashinasi  kaliti topshirildi. E’tiborlisi, ular orasida O‘zLiDeP faoli “O‘smat tog‘i” fermer xo‘jaligi rahbari Farxod Abdumannopov ham bor.

– O‘g‘lim 90 tonna g‘alla topshirib, g‘alla rejasini ortig‘i bilan bajardi va davlatimiz tomonidan yuksak mukofot bilan taqdirlandi, – deydi fermerning otasi Abdumannon Xolmurodov. – Bugun u ushbu mashinani menga sovg‘a qildi. Ana  shunday baxt yurtimizdagi barcha otalarga nasib  qilsin!         

– Joriy yilda tumanimiz mirishkorlari 1200 gektar yerga dehqonchilik qilib, 27 ming 800 tonna g‘alla xirmoni olishni rejalashtirgan, – deydi tuman hokimining o‘rinbosari Nodir Hakimov. – Hozirga qadar to‘plangan boshoqli don miqdori 24 ming tonnadan oshdi. Terimda 32 ta kombayn  kuniga o‘rtacha 1300 tonna hosil yig‘ishtirib olyapti.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    524
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Шоира Хасанова Жиззах вилояти Аёллар қаноти2018-07-04 15:39:42

Миришкор фермерларимизга бундан хам юксак парвозлар тилаймиз! Юртимизнинг фаровонлиги йўлида уларга куч-қувват, матонат ва мувафаққият тилаймиз


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-07-03 21:51:17

Бу ғоят машаққатли, лекин сермазмун, халқ ризқу-ризқини бутун қиладиган меҳнатнинг муносиб тақдирланишидир. Бундай инсонлар бор экан халқимиз дастурхони тўкин, ризқи бутун бўлади. Мукофотлар муборак бўлсин, азиз партиядошлар!


O’zLiDeP Миришкор туман Кенгаши раиси Искандар Рўзиев2018-07-03 18:21:47

Мана шундай масулиятли фермерлар сони янада кўпайишига тилакдошман O‘zLiDeP фаолари сони янада кўпаяверсин “Ўсмат тоғи” фермер хўжалиги раҳбарига янада каттароқ марраларни эгаллашларида омад тилайман


Жиззах вилоят Кенгаши Х.Асатов2018-07-03 18:12:08

Ғалла режасини ортиғи билан бажарган фермерларимиз бу натижага осонликча эришмаган. Мехнатига яраша тақдирлаш бўлди деб ҳисоблайман.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-03 17:06:25

Донни нест-нобуд қилмай йиғиштириб олиб ғалла режасини ортиғи билан бажарган фермерларни муборакбод этимиз!


Жўраева Гулбахор O‘zLiDeP Нишон туман Кенгаши раис ўринбосари аппарат рахбари 2018-07-03 16:38:57

Хурматли Президентимиз томонидан фермерларга катта эътибор қаратилиб келинмоқда жумладан бу йилги ғалла хосилини йиғиштириб олишда, мамлакатимиз иқтисодиётини юксалтиришга ўз хиссасини қўшган O‘zLiDeP фаоли “Ўсмат тоғи” фермер хўжалиги раҳбари Фарход Абдуманноповдек фидои фермерлар сони кўпаяверсин. яна бира бор юксак мукофот муборак бўлсин.


Fikringizni qoldiring

+