O‘zLiDeP sayyor qabuli: Umid Saidovga imtiyozli kredit beriladi

04.07.2018, 18:11

O‘zLiDeP sayyor qabuli: Umid Saidovga imtiyozli kredit beriladi

O‘zLiDeP Qiziriq tuman Kengashi tomonidan “Qishlag‘ozon” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi. Uchrashuv davomida fuqarolardan “Obod qishloq” dasturining bajarilishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi tartiblari hamda boshqa ijtimoiy-maishiy masalalar bo‘yicha 10 dan ortiq shikoyat va arizalar kelib tushdi.

Qabul davomida shu hududda yashovchi O‘ktam Turdiqulov o‘z xonadoni elektr tarmog‘idagi nosozliklar tufayli uzilgan haqida shikoyat qildi. Ushbu murojaat Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Muqqadas Majidova tomonidan tuman elektr tarmoqlari bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborish orqali hal etiladigan bo‘ldi.  

Umid Saidov esa mutasaddilardan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit ajratishda amaliy yordam so‘radi. Uning murojaati Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Nortoji Sattorov tomonidan joyida o‘rganilib, unga partiyaviy vositalar orqali amaliy yordam beriladigan bo‘ldi.

– Tadbirkorlikka oid yetarli bilim va malakaga ega bo‘lmaganim uchun o‘z biznesimni boshlashga qiynalib yurgandim, – deydi Umid Saidov. – Shu bois, mahallamizda tashkil etilgan sayyor qabul davomida mutasaddilardan sohaga oid yangiliklar va bankdan imtiyozli kredit olish tartiblari haqida ma’lumot berishlarini so‘rab murojaat qildim. Endi yaqin kunlarda olgan bilimlarimga tayanib tadbirkorlik faoliyatini boshlayman. Hattoki, buning uchun yetarli mablag‘ ham bor. Chunki o‘zimiz saylagan deputatimiz Nortoji Sattorov kredit olishda amaliy yordam berishini aytdi.

Shuningdek, sayyor qabulda aholini maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash, vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolarni doimiy ish o‘rinlari bilan band etish kabi bir qator masalalar yuzasidan  bildirilgan murojaatlari ham muhokama etilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

                                                                                               Xusan Do‘stmurodov,

                                                                                        O‘zLiDeP Qiziriq tuman Kengashi

appparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    1092
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-05 15:04:07

Жойларда ташкил этилаётган сайёр қабуллардаги муаммолий масалалар ўз ечимини топаётганлиги ва ижобий натижаларга эришаётганлигимизда фуқароларимизнинг бизга бўлган ишончи янада ортиб боради


Fikringizni qoldiring

+