Istiqlol – qaddimiz va qadrimizni ko‘tardi

04.07.2018, 18:14

Istiqlol – qaddimiz va qadrimizni ko‘tardi

Eng ulug‘, eng aziz bayram vatanimiz mustaqilligi tashkil topgan kun Respublikamiz bo‘ylab keng miqyosda nishonlanadi. E’tiborlisi, bayram oldidan har yili Prezident qarori qabul qilinishi ezgu an’anaga aylangan.

An’anaga muvofiq, bu yil ham davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Endi ushbu hujjatga asosan “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida joylarda mazkur g‘oyani targ‘ib etuvchi, uning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazuvchi va eng ulug‘ g‘oya sifatida o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar dasturi tasdiqlanib, barcha viloyatlar qatori Horazmda ham tashkiliy va ijodiy guruhlar tuzilib, mas’ullar belgilanadi.  

Haqiqatdan ham, Ona-diyorimiz O‘zbekistonimiz o‘zi jannatmakon yurt, unda istiqomat qilayotgan aholining tilidagi va dilidagi shukronalik kayfiyati, tinch va osoyishta o‘tayotgan har bir kunimizdan minnatdorlik hissi yoshlarimizdan tortib nuroniy otaxon va onaxonlarimizning yuz-ko‘ziga aks etadi. Bugun yurtimizga jahon davlatlari havas bilan qaramoqda. Ko‘p ming sonli yoshlar, necha ming yillik ulug‘ qadriyatlari, o‘zbekona an’ana va udumlari, har bir yo‘nalishda yoshlarimizning erishayotgan yutuqlarini qancha e’tirof etsak ham oz. Nega desangiz, keyingi yillarda yurtboshimiz tomonidan xalqimizning yaxshi yashashi, rivojlanishi va kundan-kunga yuksalishida juda katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Harakatlar strategiyasi va joriy yilgi davlat dasturi ijrosi joylarda o‘z samarasini bermoqda.

Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan ushbu islohotlarga qalbida vatanparvarlik hissi jo‘sh urgan har bir yoshni, har bir o‘zbek farzandini, shu qatorda O‘zLiDeP elektorati va faol a’zolarini, deputatlarimizni o‘z mehnati, sadoqati va bilimi bilan munosib hissa qo‘shishga da’vat etamiz.

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi ham partiyamiz tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan “Yosh innovatsiyachi”, “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovlarining Respublika bosqichlarida faol qatnashish orqali, vohamizda yangi-yangi tadbirkorlik subektlari ochilishiga, yoshlarimizning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan holda, elektratimizga bor kuch g‘ayratimizni safarbar qilgan holda amaliy ko‘mak berish orqali mustaqilligimizning 27 yilligiga o‘zining munosib  hissasini qo‘shadi.    

                                                                                       Shavkat SAFARBAYEV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi,

Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi  a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    1317
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Сергели туман фаоли Бабажанова Наргиза2018-07-05 17:27:34

Ўзбекистон Республикаси мустақил бўлганига 27 йил бўлибди. Бу йиллар ичида юртимизда жуда катта ўзгаришлар ва ривожланишлар инсонни қувонтиради. Юртимиз ҳар доимгидек гуллаб яшнашига ҳар биримиз ўз ҳиссамизни қўшсак келажакда бундан ҳам катта ўзгаришлар бўлишига ишонаман.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-05 15:18:26

“Азиз ва ягонамсан, жонажон Ўзбекистоним!” мустақиллигимиз абадий бўлсин!


Ш. Хўжаназаров O`zLiDeP Шеробод туман Кенгаши аппарат рахбари 2018-07-05 15:13:46

Мамлакатимизда Президентимиз раҳбарлигида амалга оширилаётган ушбу ислоҳотларга барчамиз ўз меҳнатимиз, садоқатимиз ва билимиз билан муносиб ҳисса қўшишайлик.


Дурдона Қобулова Партия фаоли 2018-07-05 09:55:30

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг йигирма етти йиллик байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида”ги Қарори ижросини таъминлаш мақсадида тадбирлар ташкил қилиш ва бу борада, партиявий мақсад ва вазифалардан келиб чиқиб маҳаллий ишлаб чиқариш жараёнларга янги технологиялар ва илм-фан ютуқларини жорий қилиш усулларидан тадбиркорларни ҳабардор қилиш, маҳаллий ва хорижий илғор тажрибалар оммалаштириш борасида амалий ишлар йўлга қўйиш лозим.


Ю.Салимов Косон туман кенгаши ижрочи котиби2018-07-04 19:29:37

“Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг йигирма етти йиллик байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида”ги Қарори қабул қилинди. Энди ушбу ҳужжатга асосан “Азиз ва ягонамсан, жонажон Ўзбекистоним!” шиори остида жойларда мазкур ғояни тарғиб этувчи, унинг мазмун-моҳиятини кенг оммага етказувчиташкилий-амалий, маданий-маънавий тадбирлар ташкил этилмоқда бунда барчамиз ўх хиссамизни қўшишимиз лозим.


Fikringizni qoldiring

+