Xorazmlik maslakdoshlarimiz qovunni plyonka ostida yetishtirishyapti

05.07.2018, 18:50

Xorazmlik maslakdoshlarimiz  qovunni plyonka ostida yetishtirishyapti

Xorazmda yer bilan tillashgan, ekin-tekin sir asorlarini yaxshi o‘zlashtirgan omilkor ko‘p. Xazorasp tumani “B.Matirzayev” mahallasida yashovchi aka-uka Xushnudbek va Umrbek Rajabovlar ham ana shunday ishbilarmonlardan. Yer bilan tillasha oladigan, yerga mehr berib, undan mo‘l hosil ola biladigan, samimiy dehqonlardan.

Ular 2-3 yillik izlanishi va intilishlari natijasida muddatdan oldin, ertapishar qovun navi – gurvakni o‘zlarining 10 sotix yer maydonida plyonka ostida yetishtirib, allaqachon vohamiz dasturxoniga tortiq qilib ham ulgurdi. Dunyoning hech bir go‘shasida uchramaydigan Xorazm qovunlari o‘zining mazasi, ta’mi va hidi bilan necha ming yillardan beri sevib iste’mol qilinadi. Ayniqsa, gurvakning hurmati bu borada oldinda.

–Qovun issiqni talab qiladi, – deydi Xushnudbek.  – Ammo, erta bahorda qovun uchun yetarli darajada issiq bo‘lmaydi. Ob-havoning salqin paytlari ham ko‘p kuzatiladi. Shu bois kerakli issiqni tuproqqa ildiz yonlariga yetkazish uchun chopiq ishlarini tez-tez o‘tkazib turish lozim. Sug‘orish ishlari esa mutlaqo o‘tkazilmaydi. Ana shunda yer kutilgan natijani beradi. Yana bir gap. Yetarli darajada issiq haroratni o‘zlashtirmagan qovun mevalari kichikroq shaklda yetiladi. Lekin buning oldini olish va qovun mevalarini chiroyli, katta, va xaridorbop shaklini yaratish uchun “Xosilin” tabletkasidan eritma tayyorlab 2 marta barglarga suspenziya tarzida ishlov berish darkor.

–10 sotix maydonda pishib yetilgan qovun mevasidan o‘rta hisobda 1100-1200 donagacha hosil olsa bo‘ladi, – deydi Umarbek. – Bu esa 700 kg gurvak deganidir. 1 kg gurvak bahosining o‘rtacha narxi 3000-3500 so‘mni tashkil qilsa, hosildan keladigan daromad 7 mln 200 ming so‘mni tashkil qiladi. Qolaversa, qovunlarni yig‘ishtirib olgach, bo‘shagan yerlarga mosh, kartoshka, sabzi va yem-xashaklar ham ekish mumkin.

Ha, bugun yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlardan samarali foydalanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, ham oilasi daromadiga, ham yurt rivojiga hissa qo‘shayotgan ishbilarmonlar ko‘p. Aka-uka Rajabovlarning bu izlanishlari esa ko‘pchilikka o‘rnak.

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2243
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Дурдона Қобулова партия фаоли 2018-07-07 10:56:27

Хоразм қовунларининг мазаси ҳақиқат ҳам бетакрор ва унинг таркибида жуда кўп микроэлементлар мавжуд . Чунки чўлнинг шамоли, ёзнинг жазирамаси, қуёшдаги бор ҳароратни шу заминга бергандек гуё. Айниқса Хоразмда қовуннинг ноёб тури гурвакчилик мактаби яратилган. Ери шўру, тузли замин деҳқонларининг ишларига омад тилаймиз


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-07-06 08:42:30

Жамиятиимзда тадбиркорликни ривожлантириш борасида ҳаётга татбиқ этилаётган ислоҳотлардан самарали фойдаланиб, ўз бизнесини йўлга қўйиб, ҳам оиласи даромадига, ҳам юрт ривожига ҳисса қўшаётган ишбилармонларнинг хурмати баланд. уларнинг келгуси ишларида ривож тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+