Bog‘otlik yoshlar senator va sektor rahbarlariga o‘z takliflarini bildirishdi

09.07.2018, 16:33

Bog‘otlik yoshlar senator va sektor  rahbarlariga o‘z takliflarini bildirishdi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Bog‘ot yengil sanoat kasb-hunar kollejida Oliy Majlis Senati a’zosi, Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi deputati Sh.Rajabov, tuman hokimligi mas’ul xodimlari, sektor rahbarlari va tijorat banklari mas’ul xodimlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda yoshlarni ma’nan barkamol etib tarbiyalash, ularni turli oqimlar va yot g‘oyalar ta’siridan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni yanada jonlantirish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbirda so‘z olgan “Mirishkor” qishlog‘ida yashovchi Azamat Artiqov hududdagi 24-sonli maktabda 640 nafar o‘quvchi tahsil olishini aytib, o‘quvchilarning darsdan keyin amaliy mashg‘ulot o‘tishi uchun qo‘shimcha bino ajratish lozimligini ta’kidladi.

Tuman hokimligining mas’ul xodimi ushbu masala 2019 yilgi Davlat dasturiga kiritilgani va 480 o‘ringa mo‘ljallangan yangi bino qurilishini belgilanganini ma’lum qildi.  

Uchrashuvda Jasur Rahmanov, Umarjon Hojiboyev, Shahzoda Berdiyevalarning ish so‘rab qilgan murojaatlari ham shu yerning o‘zida tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan nazoratiga olinib, amaliy ko‘mak berilishi ta’kidlandi.

J.QURBANOV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari

-apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1076
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+