O‘zLiDeP tashabbusi bilan 21 nafar yigit-qiz “Musa teks” korxonasiga ishga joylashdi

09.07.2018, 16:38

O‘zLiDeP tashabbusi bilan 21 nafar yigit-qiz  “Musa teks” korxonasiga ishga joylashdi

Chortoqlik Umida Abdurahmonova kollejni tamomlaganiga 2 yil bo‘ldi. Lekin hozirga qadar u o‘ziga munosib ish topishga qiynalayotgan edi. O‘zLiDeP Chortoq tuman Kengashi tomonidan “Musa teks” korxonasida tashkil etilgan amaliy muloqotdan so‘ng Umida singari ko‘plab yoshlar muqim ish joyiga ega bo‘ldi.

– Korxonamiz 2017 yilda tashkil etilgan, – deydi korxona rahbari Anvarjon Rejabboyev. – Ayni chog‘da asosan erkaklar kiyim-kechaklarini ishlab chiqaryapmiz. Joriy yilda faoliyatimizni yanada kengaytirib, tumandagi 21 nafar yoshni doimiy ish bilin ta’minladik.

Ta’kidlash kerak, O‘zLiDeP uyushmagan  yoshlarni aniqlab,  ularning munosib ish o‘rniga ega bo‘lishiga ko‘maklashishni ustuvor vazifasi, deb biladi. Shu bois, partiya joylarda yoshlar va ularning ota-onalari bilan amaliy uchrashuvlar tashkil etib, ishsiz yoshlarni ishga joylashtirmoqda, yangi-yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashmoqda.

 Yulduz YuLDAShEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1254
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Илхомжон Каюмов O‘zLiDeP Наманган туман Кенгаши 2018-07-11 08:42:03

O‘zLiDeP Чортоқ туман Кенгаши олиб бораётган ишлар таксинга сазовор. Ишлашдан ва изланишдан чарчаманг!


Инамов Қобилжон2018-07-10 11:01:13

Хақиқатданхам ёшларга жудахам кўп имкониятлр яратилмоқда шу муносабат билан ёшларга янабир бор олға деп қоламан.


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-07-09 18:19:05

ЎзлиДеП ёшларни иш билан таъминлаётганлиги - партия ўз олдига қўйган вазифаларни амалиётда кўрсата билаётганлигидан далолат.


Fikringizni qoldiring

+