O‘zLiDeP tashabbusi bilan boysunlik 3 nafar ayol tadbirkorlik kursida o‘qiydi

09.07.2018, 16:49

O‘zLiDeP tashabbusi bilan boysunlik  3 nafar ayol tadbirkorlik kursida o‘qiydi

O‘zLiDeP Boysun tuman Kengashi tomonidan “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida “Tadbirkor ayollar jamiyat nigohida” nomli tadbir o‘tkazildi.

Unda tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tuman bo‘limi vakillari hamda tadbirkor va hunarmand ayollar ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimizning “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbrkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda ”Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati haqida xotin-qizlarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

–Tumanimizda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan xotin-qizlar ko‘p. Lekin ularning barchasi ham sohaga oid bilim va ko‘nikmaga ega emas, – deydi O‘zLiDeP tuman Kengashi Ayollar masalasi bo‘yicha rais o‘rinbosari Dilorom Odilova. – Shu bois, tadbir davomida xotin-qizlarning sohaga oid malakasini oshirish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida yurgan qizlarga zarur  maslahat va tavsiyalar berildi.  

Tadbir so‘nggida tabirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lgan 3 nafar xotin-qiz viloyatning maxsus-o‘quv kurslariga qatnashish uchun yo‘llanma oldi.                                                                                                        

 Jo‘raqul KARIMOV,

O‘zLiDeP Boysun tuman Kengashi

ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    36
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Х.Тўраев Жиззах вилояти .2018-07-09 17:17:31

Лойиҳаларимиз натижасини бермоқда


Алламов Акбар2018-07-09 17:05:25

O‘zLiDeP ташаббуси билан бойсунлик 3 нафар аёл тадбиркорлик курсида ўқиши келажакда ватанимиз равнақига ўз хиссасини қушади.


Fikringizni qoldiring

+