Bulung‘urlik yosh ixtirochi narxi 753 ming so‘m turadigan ekish mashinasini yaratdi (VIDEO)

09.07.2018, 17:43

Bulung‘urlik yosh ixtirochi narxi  753 ming so‘m turadigan ekish mashinasini yaratdi  (VIDEO)

“Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida “Yosh innovatsiyachi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Unda Respubilikamizning har bir hududidan iste’dodli yoshlar o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan qatnashdilar.  

Ana shunday ishtirokchilardan biri Bulung‘ur maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Nurmuhammad Fayzullayevdir. U dukkakli ekinliklar ekishga mo‘ljallangan, yoqilg‘i ishlatilmaydigan yangi uskuna yaratdi.  

– Ushbu uskuna makkajo‘xori va loviya urug‘larini ekishga mo‘ljallangan, – deydi N. Fayzullayev. – Endi bu moslamani soya ekishga ham moslashtirmoqchimiz, Bu uskunadan ilk bor aprel oyida foydalanganmiz va uning hosilini yig‘ib bozorga olib chiqib sotyapmiz. Yana bir afzallik jihati shundaki, agar qo‘l mehnatidan  foydalangan holda urug‘larni ekadigan bo‘lsak, bir kunda 8-10 sotixga ekin ekish mumkin, ushbu moslama orqali esa bir kunda 45-50 sotix yerga urug‘ ekish mumkin. Yana bir e’tiborli jihati, bu moslamani yaratish uchun bor yo‘g‘i 753 ming so‘m harajat qilindi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    141
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Диниева Гулистон Курбанбаевна КР Элликқалъа тумани2018-07-17 15:59:27

Нурмуҳаммад Файзуллаевга уз ихтироси билан табриклайман ишларида омад тилайман


Эркин Пардаев Самарқанд вилояти2018-07-10 10:04:34

Мамлакатимизда яратилаётган имкониятлар иқтидорлилар иқтидорига шуур бағишламоқда.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-07-10 07:57:09

Нурмуҳаммад Файзуллаевга уз ихтироси билан барча ешларга намуна була олди. Унга омад тилаймиз. Партиямиз сафи шундай билимдон изланувчанг ешлар билан купайиши тарофдаримиз.


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-07-09 18:05:10

Ёш иқтидор эгаларига омад


Fikringizni qoldiring

+