Samarqandlik ayollar tor mutaxassislar ko‘rigidan o‘tdi

09.07.2018, 18:09

Samarqandlik ayollar tor mutaxassislar ko‘rigidan o‘tdi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat va shahar Kengashi tomonidan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ahamiyatlisi, mazkur ko‘rikda nafaqat tuman balki, viloyat ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va yuqori malakali shifokorlari jalb etilgan. Ular orasida pediatr, nevropotolog, quloq, tomoq, jarroh, stomatolog, ortoped, endokrinolog, akusher-ginekolog, gemotolog, kardiolog, oftalmolog, urolog kabi mutaxassislar bor.

Shifokorlar zamonaviy asbob-uskunalardan foydalangan holda fuqarolarni barcha qatlamlarini chuqurlashtirilgan tibbiy  ko‘rikdan o‘tkazdilar. Tibbiy ko‘rikka kelgan barcha yurtdoshlarimiz minnatdor.

–Mazkur ko‘riklar davomida reproduktiv salomatlikni asrash, sog‘lom farzand tug‘ilishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom onadan sog‘lom farzand tug‘ilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi, – deydi Samarqand viloyat Reproduktiv salomatlik markazi rahbari Umida Boborahimova. – Qolaversa, oilalardagi ma’naviy, tibbiy muhitni sog‘lomlashtirish, yosh oilalarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ham ahamiyat berildi.

Yana bir e’tiborli tomoni, ko‘rik davomida labaratoriya tahlillari, etektrokardiograf va ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish tadbirlari ham amalga oshirilmoqda. Aniqlangan kasalliklar shifokorlar tomonidan nazoratga olindi.

Marhabo ChO‘LIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1131
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

М.Яхшимуратова Шовот туман Кенгаши депутати2018-07-10 12:22:36

“Соғлом оила – мустаҳкам оила” лойиҳаси доирасида хотин-қизлар учун ташкил этилаётган бепул тиббий кўриклар натижасида кўплаб инсонларга ёрдам берилмоқда.


Fikringizni qoldiring

+