Partiya yordami bilan Karate zali foydalanishga topshirildi

10.07.2018, 15:26

Partiya yordami bilan  Karate zali foydalanishga topshirildi

Mamlakatimiz taraqqiyotining 5 yillik rivojlanish dasturida sport turlarini rivojlantirish orqali yoshlarning sog‘lom turmush tarzini ta’minlash asosiy vazifa qilib belgilab qo‘yilgan.

Shu asnoda yoshlar o‘rtasida sportning karate-do turini ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sportga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-qo‘vatlash maqsadida Nukus shahri “Monshali”  ko‘chasida yashovchi fuqaro Bayram Yerejepov O‘zLiDeP Nukus shahar Kengashiga murojaat qildi. B. Yerejepov o‘z murojatida Nukus shahri 1-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qarashli Kurash maktabida karate-do to‘garagini ochish uchun sport zal bilan ta’minlab berishda yordam so‘ragan.

Partiya Nukus shahar Kengashi tomonidan Yerejepovning arizasiga binoan O‘zbekiston Karate Milliy Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limiga murojaat etildi. Ariza to‘liq o‘rganib chiqilib, murojaat egasi B.Yerejepovga belgilangan tartibda maxsus sport inventarlariga ega sport zali karate-do to‘garagi sifatida foydalanishga berildi.

Hozirga paytda to‘garakda 30 nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar karate-do bilan doimiy shug‘ullanib kelishmoqda.

A.Jailganov

O‘zLiDeP Nukus shahar Kengashi

apparat rahbari v.b.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1315
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Мавжуда Рашидова-O'zLiDeP Бухоро вилоят кенгаши бўлим мудири2018-07-11 12:50:39

Ёшларимизнинг келажаги спортга ҳам боғлиқ. Улар ўртасида спортни оммалаштириш, соғлом турмуш тарзини таъминлаш, ёшларни қўллаб-қувватлаш бизнинг бурчимиздир.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши2018-07-11 09:34:09

Жамиятимиздаги ёшлар ўртасида спортни оммалаштириш, уларнинг бўш вақтларини мазмунли ўтказиш, спортга қизиқувчи ёшларни қўллаб-қўватлаш бу давр талаби. Партиямизнинг бу каби хайрли ишлари албатта мактовга арзийди


Fikringizni qoldiring

+