“Har bir oila – tadbirkor” Dasturi Yangiobod gilamlari dovrug‘ini qaytaradi

10.07.2018, 15:40

 “Har bir oila – tadbirkor” Dasturi  Yangiobod gilamlari dovrug‘ini qaytaradi

O‘zLiDeP Yangiobod tuman Kengashi tomonidan Prezidentimizning joriy yilning 7 iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” Dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Qayd etilganidek, mazkur qaror oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki faoliyatini kengaytirish harakatida yurgan ishbilarmonlarni nihoyatda xursand qildi. Zero, hujjatda bir qator zaruriy chora-tadbirlar qatori  qishloq va mahallalarda bo‘sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil qilingan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga berish orqali aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

– Tumanimizda qadimiy hunarmandchilik an’analari ko‘p, – deydi Xalq  deputatlari Yangiobod tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi  X.Nazarqulov. – Misol uchun, Ziyokor mahallasida ish qurollaridan tortib, dutor, rubob yasaydigan usta hunarmandlarimiz bor. Yoki tumanimizga xos to‘qimachilik turlarini olaylik. Bir paytlar bu yerlarda to‘qilgan gilamlar dovrug‘i uzoq-uzoqlarga tarqagan edi. Bu an’analarni tiklash, ularni zamonaviy texnologiyalarni jalb qilgan holda rivojlantirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosini tashkil qilish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati tug‘iladi. Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan mazkur Qaror esa bu boradagi ishlarni yanada tezlashtirdi desak, yanglishmaymiz.

Tadbirda hujjat ijrosini ta’minlash borasida partiya viloyat Kengashi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Dilshod TURSUNBOYEV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    509
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-07-11 16:11:09

Tadbirkorlar safi qancha ko'paysa taraqqiyot jadallashadi, va o'z navbatida aholining turmush farovonligi ortib boraveradi. Tadbirkor oilalar soni ko'payaversin.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-11 09:36:38

“Ҳар бир оила – тадбиркор” Дастурини амалга ошириш тўғрисида”ги қарори жойларда тадбиркорликни ривожлантириш учун кенг имконияи ҳисобланади


Олим Норжигитов, Жиззах вилояти 2018-07-10 17:54:53

Президентимизнинг “Ҳар бир оила – тадбиркор” Дастурини амалга ошириш тўғрисида”ги қарори асосида яратилган имкониятлар туфайли Янгиободда тўқилган гиламлар довруғи бутун дунёга тарқалади.


Исомов Акрам Жиззах вилоят Кенгаши2018-07-10 17:16:13

Узбекистон Республикаси Президентининг жорий йил 7 июндаги “Ҳар бир оила – тадбиркор” Дастурини амалга ошириш тўғрисида”ги қарорини жойларда мазмун мохиятини тушунтириш ва ахолини тадбиркорликкка жалб килиш бугунги кун асосий мавзуси булиши керак. Тадбиркорлар канча куп булса шунча иктисодий усишга эришилади.


Акрам Шахаров, Жиззах вилояти2018-07-10 16:17:32

Бугунги кунда Президентимиз томонидан ҳар бир соҳага жуда катта эътибор қаратилмоқда. Хусусан, оилавий тадбиркорликни янада ривожлантириш борасидаги ишлар чекка ҳудудларда ҳам амалга оширилаётгани бунга яққол мисол бўла олади.


Алишер Фозилов, Жиззах вилояти2018-07-10 16:04:11

Тадбиркор оилалар қанча кўп бўлса, оилаларнинг турмуш тарзи, фаровонлиги шунча юқори бўлади.


Fikringizni qoldiring

+