Sayyor qabulda qatnashgan tadbirkorga “nol” qiymatida bino ajratildi

10.07.2018, 15:47

Sayyor qabulda qatnashgan  tadbirkorga “nol” qiymatida bino ajratildi

Ulug‘bek Isaboyev Paxtabod tumanidagi ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlardan biri. U ishbilarmonlarga ko‘rsatilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish maqsadida o‘zi istiqomat qilayotgan Do‘stlik mahallasiga yaqin hududdagi bo‘sh turgan binoni “nol” qiymatida olib, maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Ayni masala O‘zLiDeP Paxtaobod tuman Kengashi tomonidan tashkillashtirilgan sayyor qabulda o‘z yechimini topdi.

– Bugun nafaqat bo‘sh turgan bino masalasida qilgan murojaatim hal bo‘ldi, balki mutasaddilar imtiyozli kredit olishimga ham ko‘maklashishga va’da berdilar, – deydi tadbirkor. – Taqdim etgan loyiham asosida yangi ish o‘rinlari yaratib, yoshlar bandligini ta’minlash niyatidaman.

Muazzinboy mahallasida yashovchi Chinoraxon Meliqo‘ziyeva ham sayyor qabulga kelib muammosiga yechim topdi. U anchadan buyon 2 nafar farzandi uchun nafaqa pulini ololmayotgandi. Mahalla mas’ullar bilan bir necha bor bu borada kelishmovchilikkka ham borgan. Fuqaroning murojaati partiya Paxtaobod tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashi deputati Feruza Mirzarahimova tomonidan nazoratga olinib, joyida mahalla mutasaddilari bilan hal etildi.

Sayyor qabul davomida tumandagi Bobur, Qo‘qonqishloq, Yuqori, Nodirabegim, Ko‘kto‘nlik, Tinchlik, Qorashah, Shomat mahallalalari aholisi vakillarining ham qator muammolariga yechim topildi.

Olimjon TALIPOV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    1226
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-07-11 16:02:33

O'zLiDeP tashabbusi bilan o'tkazilayotgan sayyor qabullarda fuqorolarning muammolariga ijobiy echim topilmoqda va bu o'z navbatida aholining O'zLiDeP ga nisbatan ishonchi va hurmatini toboro ortishiga sabab bo'lmoqda.


Акбар Алламов O'zLiDeP Сурхондарё вилояти Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими этакчи консултанти2018-07-11 11:35:00

Юртимиз хар бир туман шахарларида ташкил қилинаётган Сайёр қабулларда кўтарилаётган муаммоларни жойида ечим топилиши партиямизга бўлган ишоанчни янада оширади.


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-07-11 10:19:42

Tuman va sharlarimizda bunaqa bo'sh yotgan binolar ancha bor.Bunday binolarni U.Isaev kabi tadbirkorlarga berilishi partiyamiz tomonidan qo'llab quvvatlanisi maqtovga loyiq ish.Bunda yana qo'shimcha ish orinlari yaratiladi va davlatga qo'shimchcha soliq to'lanadi.Mana shunday binolarda tadbirkorlikni yulga quygan sub'ektlar eng kamida o'n yil mylk va er solig'idan ozod qilinishi kerak.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-11 09:32:30

Сайёр қабуллар давомида келиб тушган муаммоли масалалар ижобий ҳал этилиши натижасида халқимизнинг бизга бўлган ишончи янада ортади


Олим Норжигитов, Жиззах вилояти 2018-07-10 17:49:23

Партиямиз тадбиркорларнинг, халқимизнинг муаммоларни ҳал этишда фидоийлик кўрсатаётганлиги учун биз бундан жуда мамнунмиз. Партиямизни жамиятдаги нуфузи янада ошиб бораверсин


Абдуллаев Дилшодбек-Бизнес тузилмалари ва фермерлар билан ишлаш бўлими мудири2018-07-10 17:00:53

Сайёр қабулларда кўтарилаётган муаммоларни жойида ечим топилиши партиямиз нуфузини янада оширади.Бу каби хам хайрли - хам амалий ишлар савияси кўпайиши тарафдориман.


Абдуллаев Дилшодбек-Бизнес тузилмалари ва фермерлар билан ишлаш бўлими мудири2018-07-10 16:59:36

Сайёр қабулларда кўтарилаётган муаммоларни жойида ечим топилиши партиямиз нуфузини янада оширади.Бу каби хам хайрли - хам амалий ишлар савияси кўпайиши тарафдориман.


Fikringizni qoldiring

+