“Ayollar qanoti” eng ulug‘ bayramda olima va tadbirkor ayollar bilan davra suhbatlari o‘tkazishni rejalashtiryapti

10.07.2018, 15:50

“Ayollar qanoti” eng ulug‘ bayramda olima va tadbirkor ayollar bilan davra suhbatlari o‘tkazishni rejalashtiryapti

Davlatimiz rahbari kuni-kecha “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi  qarorni imzoladi.

Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan qarorning uchinchi bandida Respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab aholining keng qatlami o‘rtasida ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar o‘tkazish belgilangan.

Prezidentimiz qaroridan kelib chiqib, partiya “Ayollar qanoti” xotin-qizlar orasiga chuqurroq kirib borishni maqsad qilgan. Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbirlarda olima va tadbirkor ayollar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar olib borish rejalashtirilgan. Tadbirlarda mustaqillik yillarida ayollarga ko‘rsatilayotgan etibor, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilinayotgan me’yoriy xuquqiy xujjatlar mazmun-mohiyatini keng tushintirish belgilab olindi.  Shuningdek ayollar tadbirkorligini rivojlantirish buyicha olib borilayotgan islohotlar, tadbirkor ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham keng ma’ulomotlar berish rejalashtirilgan.

Tadbirlar davomida erk va ozodligimizning qadriga yetish, farzandlrimizni shu aziz Vatanga munosib insonlar etib tarbiyalash uchun taklif-tavsiyalar beriladi. Bu esa ertamiz egalari bo‘lmish – farzandlarimizni mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan farzandlar etib tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Go‘zal Ibragimova,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi

Ijroiya qo‘mitasi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1093
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Дадаева Манзура Абдуразаковна2018-07-12 17:27:33

Юртбошимизнинг “Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг йигирма етти йиллик байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида”ги қарори партия вакиллари зиммасига катта масьулият юклайди, "Аёллар қаноти"тадбиркорлар билан очиқ мулоқотлар олиб боришни режалаштирди.


Носирова Шоира Кармана туман Кенгаши депутати2018-07-11 22:37:50

ЎзЛиДеп тадбирлар давомида юртимиздаги тинчлик, осойишталикнинг қадрига етиш, фарзандларимизни шу азиз Ватанга муносиб инсонлар этиб тарбиялаш учун олима аёлларимизнинг таклиф-тавсиялари асосида келажагимиз ёшларини – фарзандларимизни мамлакатимиз тараққиётига муносиб ҳисса қўшадиган инсонлар бўлишига кўмак беради.


N.Ruziyeva Navoiy viloyati Uchquduq tumani2018-07-11 15:56:14

Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin ilohim. Xudo xoxlasa mustaqilligimizni 1000 yilliklarini keng va tantanavor nishonlashda ayollarimiz faol ishtirok etishini tilayman.


Шамшод Жафаров 2018-07-11 10:13:21

Аёлларга нисбатан мехр-мухаббат туйғулари бизда шарқона анъаналарга айланди.


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-07-11 10:08:58

Bunday tadbirlarni o'tkarishda interfaol usullardan ,noananaviy targ'jbot vositalaridan foydalanilsa juda yaxshi bo'lardi.O'tkarilayotgan tadbirlarning samaradorligi ham ortar edi.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-07-11 09:29:33

Аелларга эътибор бу уларнинг жамиятдаги фаоллигини янада оширади.


O‘zLiDeP Косон туман кенгаши ижрочи котиби Ю.Салимов2018-07-11 08:55:34

“Аёллар қаноти” хотин-қизлар орасига чуқурроқ кириб боришни мақсад қилганни, Мустақиллик байрамига бағишлаб ўтказиладиган тадбирларда олима ва тадбиркор аёллар билан учрашув ва очиқ мулоқотлар олиб бориш, аёлларга кўрсатилаётган этибор, уларнинг ижтимоий-сиёсий фаоллигини ошириш, жамиятдаги мавқеини мустаҳкамлаш бўйича қабул қилинаётган меъёрий хуқуқий хужжатдир.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-07-10 23:00:14

Mustaqilligimizni 27 yilligini munosib nishonlashda O'zLiDeP "Ayollar qanoti" munosib ishtirok etadi albatta. Chunki ayollar bugun har sohada faol.


Н.Саимова Навоий вилояти2018-07-10 18:00:08

“Аёллар қаноти” хотин-қизлар орасига чуқурроқ кириб боришни мақсад қилгани ҳамда Мустақиллик байрамига бағишлаб ўтказиладиган тадбирларда олима ва тадбиркор аёллар билан учрашув ва очиқ мулоқотлар олиб боришни режалаштирилгани Аёллар қаноти томонидан хеч қандай йўналишни четда қолдирмаётганидан далолатдир.


Н.Саимова Навоий вилояти2018-07-10 18:00:07

“Аёллар қаноти” хотин-қизлар орасига чуқурроқ кириб боришни мақсад қилгани ҳамда Мустақиллик байрамига бағишлаб ўтказиладиган тадбирларда олима ва тадбиркор аёллар билан учрашув ва очиқ мулоқотлар олиб боришни режалаштирилгани Аёллар қаноти томонидан хеч қандай йўналишни четда қолдирмаётганидан далолатдир.


Fikringizni qoldiring

+