“Xorazm baraka avto”da yangi quyi bo‘g‘in tashkil etildi

11.07.2018, 18:03

“Xorazm baraka avto”da  yangi quyi bo‘g‘in tashkil etildi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan “Xorazm baraka avto” MChJda “Har bir oila-tadbirkor” Dasturi doirasida amaliy muloqot tashkil etildi.

Dastlab korxona rahbari Baxtiyor Muxtorov ishtirokchilarni korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdi. Jahon standartlariga to‘la javob beradigan, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.

– Dastlab korxonamiz faoliyatini 15 nafar ishchi-xodim bilan boshlagan edik, hozirga kelib ularning soni 61 nafarga yetdi, – deydi korxona direktori  Baxtiyor Muxtorov. – Korxonamiz yiliga o‘rtacha 40 000 dona avtomobil uchun ovoz so‘ndirgich ishlab chiqarish quvvatiga ega. Joriy yilda korxona qoshida yangi tikuvchilik sexi ochib, hududdagi 20 nafar ishsiz xotin-qizlar va kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlamoqchimiz.

Amaliy muloqot yakunida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 45 nafar ishchi-xodimga a’zolik guvohnomasi topshirilib, korxona qoshida yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

Ozoda QALANDAROVA,

Xalq deputatlari Xazorasp

tuman Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi

ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1201
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ғуломжон2018-07-19 11:30:13

Ҳазорасп жуда кенг имкониятлар диёри


Рахманова Гульнара Тахтакупир тумани 2018-07-16 08:29:23

Янги очилган БПТ ишларига ривож тилаймиз. Софдошмиз, биз хамиша сиз билан. Партиянинг максад вазифаларини таргиб килишда чарчаманг.


Бобожонова Р. Шовот туман Кенгаши ижрочи котиби2018-07-12 14:34:51

Патиянинг қуйибўғинлари асосий таянчимиз, уларнинг сони янада ошаверсин.


Дурдона Қобулова партия фаоли 2018-07-11 19:15:26

Хазорасп минг отликлар диёри, Бу туман аҳолиси ўзининг тадбиркорлиги, уддабуронлиги, меҳнатсеварлиги шу билан бирга саҳоватпешалиги билан ажралиб туради. Ҳали партия сафига камраб олинмаган қанча имкониятлар бор. Партия дастурий ғояларини Питнак аҳлига ҳам тарғиб қилиш орқали сафимизни туманда икки борбар кўпайтириш мумкин.


Fikringizni qoldiring

+