Kattaqo‘rg‘onda 6 oy davomida 180 ta norasmiy ish o‘rinlari qonuniy rasmiylashtirildi

11.07.2018, 18:35

Kattaqo‘rg‘onda 6 oy davomida 180 ta norasmiy ish o‘rinlari qonuniy rasmiylashtirildi

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Kattaqo‘rg‘on shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i axboroti eshitildi.

Qayd etilganidek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida shahar Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan budjetga 35329,2 mln so‘m undirildi va reja ko‘rsatgichlari 8864,4 mln so‘mga ko‘p bajarildi.  

– Bundan tashqari, joriy yilning 2 choragi davomida kameral nazorat va monitoring natijasida 78 ta korxona va tashkilotlarda 180 ta norasmiy ishchi soni aniqlanib, qonuniy rasmiylashtirildi, – deydi Behzodjon Sultonov. – Qolaversa, 2 chorak davomida 66 ta yangi korxona va tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tishi natijasida 87 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Buning natijada esa budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga 59,8 mln so‘m undirildi.

Yig‘ilishda bildirilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib, deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1142
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-07-12 18:21:41

Депутатлик гуруҳи йиғилишлари томонидан қабул қилинган қарорлар ижросини таъминлаш ва ижросини назоратга қилиш-жамиятда партиялар ва депутатлик корпусининг аҳамияти ва ролини ошишишига сабаб бўлади. Ижроия ҳокимият органлари раҳбарларининг депутатлик гуруҳи йиғилишларида иштирок этиб, ҳисобот бериши улар фаолияти устидан самарали жамоатчилик назоратини ўрнатишга кўмаклашади.


Бердиев Жамолиддин Баротович O’zLiDeP Ммиришкор туман Кенгаши раисининг мавкуравий тарғибот-ташвиқот ишлари бўйича ўринбосари2018-07-12 08:57:53

O‘zLiDeP депутатлик гуруҳлари йиғилишларида ташкилотлот раҳбарлариниг ҳисоботларини эшитиш ташкилот раҳбарларининг ўз ишига бўлган масулиятини янадан оширади


Fikringizni qoldiring

+