“Ayollar qanoti” tadbirkorga molxona va dala shiyponi qurish uchun ruxsatnoma olib berdi

12.07.2018, 12:06

“Ayollar qanoti” tadbirkorga molxona va dala shiyponi qurish uchun ruxsatnoma olib berdi

Tadbirkor Mavjuda Ibragimova O‘zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti”ga 2016 yildan buyon o‘z fermer xo‘jaligi xududida molxona va dala shiyponi qurishiga ruxsat ololmayotganligi to‘g‘risida murojaat qildi.

– “Sangzor shirin taomlari” MChJ 2013 yil tashkil topgan, – deydi Mavjuda Ibragimova. – Faoliyatimizni umumiy ovqatlanish shahobchasini tashkil etishdan boshlaganmiz. Tadbirkorlikni kengaytirish maqsadida  2015-yilda 47 gektar lalmi, tashlandiq xolatidagi bo‘z yerni o‘zlashtirib, “Elsevar diyor” ko‘p tarmoqli g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tashkil etdik. Sho‘rxok yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash maqsadida o‘z hisobimizdan zovur va drenajlar qazib adirga suv chiqardik.

Hozirgi kunda ushbu fermer xo‘jaligining 10 gektar yeriga g‘alla ekilgan. Bundan tashqari 3 gektar bog‘ barpo etilgan bo‘lib, unda 420 tup o‘rik,  250 tup shaftoli, 300 tup olma, 3000 tup yong‘oq va 500dan ziyod bodom va 100 tup gilos ko‘chatlari o‘tqazilgan. 2016 yilga kelib, 3 gektar yerda baliqchilik va asalarichilikni yo‘lga qo‘yildi. Fermer xo‘jaligida 57 kishi ish bilan band.

– Faoliyatimizni yanada kengaytirish, ish sifati va unumdorligini oshirish maqsadida tuman hokimligiga molxona va dala shiyponi qurishga ruxsat so‘rab murojaat qildik, – tadbirkor M.Ibragmova. – Ammo murojaatim e’tiborsiz qoldirildi. Shundan keyin O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti”ning telegramdagi “Tadbirkor ayollar muamolarini o‘rganish guruhi”ga murojaat qildim. Partiya fermer xo‘jaligimiz hududida molxona va dala shiyponi qurishiga ruxsatnoma olishda amaliy yordam ko‘rsatdi.  

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1402
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умидахон Исаева. Андижон вилоят кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири2018-07-16 17:01:01

АТМУГ ижтимоий-тармоқ орқали Тадбиркор аёлларни муаммолари жудаям тез хал бўлмоқда. шунининг учун тадбиркор, ишбилармон, фермер аёлларимиз кўпроқ телеграмга киришлари керак. 9


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-07-12 16:32:54

Партиямизнинг “Аёллар қаноти”нинг телеграммдаги “Тадбиркор аёллар муамоларини ўрганиш гуруҳи” ишларига ривож тилаймиз. Бу каби килинган ердамлар кимни булса хам кувонтиради.


Мадина Бекматова ЎзЛиДеП Навоий вилоят Кенгаши ходими 2018-07-12 16:04:51

Аёллар қаноти гурухи томонидан кўрсатилаётган бундай амалий ёрдамлар туфайли, тадбиркорларимиз сафи янада ошади.


Зоидова Гулмироа Арнасой тумани2018-07-12 15:03:18

Ишларизга омадлар тилаб қоламиз! БИЗ БИР САФДАМИЗ!


Феруза Хайдарова тадбиркор2018-07-12 15:01:49

Аёллар қаноти гурухи томонидан тадбиркорлар ва фермерларга кўрсатаётган амалий ёрдамлари хамиша бардавом бўлишларига тилакдошмиз. Уларни омад ва мувафаққиятлар хеч қачон тарк этмасин!


Шовот туман Кенгаши ходими2018-07-12 14:39:41

Аёлларнинг сиёсий ўрни ва жамиятдаги ролини кучайтириш асосий мақсадларимиздан бири, уларнинг фаолияти ривожланишига ёрдам бериш партиямизнинг вазифаларидан биридир.


Fikringizni qoldiring

+