Sho‘rchilik deputatlarimiz tuman obodonlashtirish boshqarma boshlig‘i hisobotidan qoniqdi

12.07.2018, 17:59

Sho‘rchilik deputatlarimiz tuman  obodonlashtirish boshqarma boshlig‘i hisobotidan qoniqdi

Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i B.Mingboyevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, bugun tumandagi mavjud 47 ta qabristonni obodonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar budjet va homiylar mablag‘i hisobidan amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilda hududdagi “Tolli ota”, “Boybobotepa”, “Sho‘rchi ota” va “Baxshitepa” qabristonlarini joriy ta’mirlash ishlariga 188 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

–Shuningdek, Respublika hisob palatasi ishchi guruhi tomonidan tumandagi qabristonlarni o‘rganish jarayonida “Tamshum”, “Xo‘shchekka”, “Xaydarqul hoji bobo”, “Abdulloh eshon bobo” va “Azlartepa” qabristonlarini ta’mirlash ishlariga qo‘shimcha ravishda 148 million so‘m mablag‘ ajratildi, – deydi B.Mingboyev. –Aytish joiz, mazkur mablag‘lar qabristonlarni joriy ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga sarflanadi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, muhokama etilgan masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhlarining tegishli qarori qabul qilindi.

Ulug‘bek Qulmatov,

O‘zLiDeP  Sho‘rchi  tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1222
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+