Kattaqo‘rg‘on hokimligi va’da berdi: sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasida 1092 yangi ish o‘rni tashkil etiladi

12.07.2018, 18:02

Kattaqo‘rg‘on hokimligi va’da berdi: sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasida  1092 yangi ish o‘rni tashkil etiladi

Bu haqda Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi. Yig‘ilishda tuman hokimligi iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i S.Rustamovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, tumanni 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining bajarilishi bo‘yicha tasdiqlangan dasturga asosan, shu yilda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 41,2 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. 140 ta loyiha doirasida 915 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

– Yil oxiriga qadar 22 ta loyiha doirasida 168 ta yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirilgan, – deydi S.Rustamov. – Bundan tashqari, 2018-2019 yillarda Kattaqo‘rg‘on tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha 199 ta loyiha amalga oshiriladi va 1092 yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2328
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+