Navoiylik tadbirkor mahsulotini Xitoy va Misrga eksport qilyapti

12.07.2018, 18:12

Navoiylik tadbirkor mahsulotini  Xitoy va Misrga eksport qilyapti

Karmanalik Temur Asadov O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi ko‘magida tijorat bankidan 800 million so‘m imtiyozli kredit olgan edi. U hozirda 40 nafar yoshni ish bilan ta’minlangan.

– Korxonamiz 200 tonna pilla, 40-45 tonna ipak mahsulotlarini qayta ishlash va 30 tonna momiq ishlab chiqarish quvvatiga ega, – deydi T.Asadov. – Lekin biz faoliyatimizni yanada kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratmoqchimiz. Hatto, buning uchun “Korxona faoliyatini rivojlantirishning 5 yillik rejasi”ni ham ishlab chiqdik. Rejaga muvofiq, kalava ip ishlab chiqarish hamda ipakdan gilam mahsulotlari tayyorlashni yo‘lga qo‘yamiz. Natijada yoshlar uchun yana 70-80 ta ish o‘rni yaratiladi.

Ta’kidlash kerak, yosh tadbirkor Xitoy va Misr bilan eksport bo‘yicha shartnoma imzolagan. Shu kunlarda esa Turkiya va boshqa davlatlar bilan eksportni yo‘lga qo‘yish harakatida yuribdi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1167
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Носирова Шоира Навоий вилояти туман Кенгаши депутати2018-07-14 20:43:45

Карманалик Темур Асадов меҳнатингиз самарасини кўришда чарчаманг. Янги ва янги инновацион ғоялар кутиб қоламиз


М.Умаров O`zLiDeP Навоий вилояти Кармана туман бўлими аппарат раҳбари2018-07-12 19:54:17

Карманада бундай тадбиркорларимиз кўпаяверсин


Худайбердиева Моҳидил Норбоевна O`zLiDeP Зарафшон шаҳар бўлими ижрочи котиби2018-07-12 18:49:59

Бу каби ёш тадбиркорларнинг кўпайиши Навоий вилоятининг янада ривожланишига ҳамда тадбиркорлик соҳасини тараққий этишига ҳамда корхонанинг кенгайиши натижасида эса янги иш ўринларининг яратилиши ёшларнинг бандлигини таъминланишига ёрдам беради. Навоий вилоятида бу каби ёш тадбиркорларнинг кўпайишига тилакдошмиз


Fikringizni qoldiring

+